Sana Mavzu. Lipidlar almashinuvi. Uog’larni to’qimalarda parchalanishi. Glisirining oksidlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix09.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#95189
1   2   3   4   5
Mavzu. Lipidlar almashinuvi. Uog’larni to’qimalarda parchalanish

Yog‘larning so‘rilishi va ichak 
devorida resintezi 
• Yog‘lar so‘rilishi ichak devorida roy beradi. Bunda yog‘lar 
hazmlanishidan hosil bo‘lgan yog‘ kislota va glitserin o‘t 
kislotalar bilan mitsellalar hosil qilib pinotsitoz yoli yoki 
diffuz yo‘li bilan enterotsitlarga so‘riladi. 
Ichak devorida so‘rilgan glitserin va yog‘ kislotalaridan qayta 
triglitseridlar sintezlanadi va bu reaksiya ketma-ketligi resintez 
deb nomlanadi.


Ichak epiteliy hujayralarida 
yog‘ning resintezi 
• asosan quyidagicha bo‘ladi: dastlab yog‘ kislota faollashib 
atsil-KoAga aylanadi, glitserin 3-fosfoglitseringa aylanadi. 
Ulardan dastlab monoglitserid so‘ng di- va triglitseridlar hosil 
bo‘ladi. 
Monoglitserid + R-CO-S-KoA → Diglitserid + HS-KoA 
Diglitserid + R1-CO-S-KoA → Triglitserid + HS-KoA 
Yog‘liq ovqat iste’mol qilingandan so‘ng 4-5 soatdan so‘ng 
qonda yog‘lar miqdori maksimal me’yoriga yetadi va 10-12 
soatdan so ng yog‘lar miqdori me’yor darajasiga qaytadi


Yog‘larning qondagi transport 
shakllari 
• Qayta sintezlangan triglitseridlar, fosfolipidlar va xolesterin 
oqsil bilan birga xilomikron hosil qiladi. Xilomikronlarning 
zichligi juda past (0,95 dan kam) va diametri katta bo‘lib, ular 
kapillyarlarga o‘ta olmaydi va shuning uchun limfa orqali 
tashiladi. Limfa tomirlari yigilib limfa tugunlaridan o‘tadi va 
retikulyar hujayralar aro o‘tib umumiy limfa tomiri orqali 
yuqori kovak venaga quyiladi. 
Qon tarkibidagi yog‘larning transport shakli murakkab oqsillar 
guruhiga kirib lipoproteinlar deb nomlanadi. Lipoproteinlar 
ozaro zichligi va tarkibiga binoan farqlanadi:


• ZYL(xilimikronlar) jigarda hosil bo‘ladi. To‘qimalardagi 
ortiqcha xolesterinni biriktirib oladi. Undagi LXAT (lesitin-
xolesterol-atsil-transferaza) fermenti ta’sirida erkin holesterin 
xolesteridga aylanadi. 
ZYL qon plazmasida yashash muddat 4 kunga teng va bu LP 
almashinuvi nefrotik sindromda, gipertriglitseridemiyada va 
uglevodlarga boy bo‘lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi. 
ZYL vazifalari:Toqimalardan xolesterinni olib chiqib, ularning 
to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Toqimalarning ZPLni yutib 
olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan to‘qimaga kam 
xolesterin tushadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin