Dars shiori
Tarixni yaxshi bilgan inson - kelajakka
ishonch
bilan qaraydi
Dars bosqichlari
1
Kirish
2 O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob
3
Klaster
4 Yangi mavzu bayoni
5
Mavzuni mustahkamlash
6 Daftarga qayd qilish
Yog‘larning hazmlanishi
• Yog‘lar ogiz boshligida hazm bo‘lmaydi. Luqma me’daga
tushadiva u yerda kislotali muhit yuqori bo‘lganligi uchun
yog‘lar parchalanmaydi. Lipaza uchun optimal muhit
pH 5,5-7,5.
Go‘daklar
oshqozonida
yog‘lar parchalanadi, chunki ular
iste’mol qilgan yog‘lar sut yog‘lari bo‘lib, ular emulsiyalangan
holatda hamda sut oshqozondagi kislotani bog‘lab muhitni
kuchsiz ishqoriy tomonga siljitadi. Shuning uchun go‘dak
me’dasida lipaza fermenti ishlab chiqiladi va u
sut tarkibidagi
yog‘larni parchalaydi.
•
Katta yoshdagi odamlarda yog‘lar
o‘n ikki barmoqli ichakda
parchalanadi. Me’da osti bezining shirasi o‘n
ikki barmoqli
ichakka quyiladi va uning tarkibida
lipaza
fermenti bordir.
Bu fermentning ta’sir etishi uchun quyidagi sharoitlar
bo‘lishi zarur:
ichak shirasidagi muhit kuchsiz ishqoriy bo’lmoqligi;
yog‘lar emulsiyalangan holatda bo‘lishi lozim.
Pankreatik shira tarkibidagi bikarbonatlar oshqozondan
tushgan xlorid kislotani neytrallaydi.
Jigar o‘z navbatida kuchli emulgator safroni o‘n ikki
barmoqli ichakka quyadi.