-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning
texnik - iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish
muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va
hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida ishchilarning ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish va bu tarmoqda islohotlarni
chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo‘llaridan
yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil
mehnat unumdorligini o‘stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi.
Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining
xarakteri va mazmuni o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o‘zgarishlargagina emas,
balki ko‘proq sifat o‘zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik
iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga
ham to‘liq joriy etiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga
ko‘tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g‘ayrati,
jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning kudratli kuchi va eng muhim manbai
hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi
deb aytadilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg‘or texnika-
texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy
kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga
keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchgina emas, shu bilan birga
ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy
Dostları ilə paylaş: