Tayanch iboralar:
Xorazmshoh, Ma’mun I, “Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath
Muin Amiral-mo’minin”, mamluk, ustozdor, omil, hojib, Devoni nazr,
Devoni arz, “g’ulomlar gvardiyasi”, xon, malik, amir-ul-umaro.
Xorazmshohlarning siyosiy tarixi.
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X
asr oxiri XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va
uning o’g’li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qulaganidan so’ng
mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko’rdilar. Xususan, 996-yilda
shimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad ikki qismga
bo’linib ketgan davlatni birlashtirib xorazmshoh unvonini oladi va
Urganchni o’z poytaxtiga aylantiradi.
1
Ammo, Movounnahrdagi
Qoraxoniylar va Xurosondagi G’aznaviylar davlati oldida Xorazm
davlati juda kuchsiz bo’lib qoldi. Xorazm 1017-yilda Mahmud
G’aznaviy tomonidan zabt etildi. Xorazmshoh Ma’mun esa qatl etildi,
u 1004-yili asos solgan “Bayt ul-hikma” faoliyatiga chek qo’yildi.
2
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Anushteginiy Xorazmshohlar sulolasi davriga to’g’ri keladi. 1040-yili
G’aznaviylar davlati quladi.
3
Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib
chiqishi jihatidan o’g’uz turklaridan bo’lib, yoshligida Garjiston
(Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk) bo’lgan. Saljuq
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.189.
2
Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: “Akademiya”, 2013. -Б.188.
3
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.120.
75
sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin Tashtdorlik mansabiga (sulton
hovuzlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko’tarilgan edi.
Manbalarning ma’lumot berishicha, tashtdorlik mansabiga sulton
o’zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko’p o’tmay Anushtegin
sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076-yilda Sulton
Malikshoh Anushteginni Xorazm hokimi etib tayinlaydi.
1
Anushtegin
Saljuqiylarga tobe bo’lib hokimiyatni boshqaradi va 1097-yilda vafot
etadi. O’sha yili uning o’g’li Qutbiddin Muhammad (1097-1128)
Xorazm voliysi qilib tayinlanadi. Qutbiddin Muhammad Marvda
tarbiyalangan.
2
Qutbiddin Muhammad otasi davrida o’z davrining yirik
shaharlaridan biri bo’lgan Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini
yaxshi o’rgangan edi. U Xorazm voliysi bo’lgach, qobiliyatli hukmdor
sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin
Muhammad Xorazmda o’z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina
kuch-g’ayrat sarflagan bo’lsada rasman Saljuqiylarga tobe bo’lgani
bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning oliy
hokimiyat uchun o’zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi
ma’lum. Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni “Podshoh
Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath Muin Amiral-mo’minin” (“Dunyo va
din qutbi, g’alabalar otasi Mo’minlar amiri-xalifaning yordamchisi”)
deb ulug’lanishi Qutbiddin Muhammad Saljuqiylarga tobe bo’lsada,
mavqeyi ancha baland bo’lganidan dalolat beradi. Shu sababli bo’lsa
kerakki, 1128-yilda Qutbiddin vafot etgach Sulton Sanjar Xorazm
taxtini uning o’g’li Otsiz o’n yil davomida (1128-1138) ulug’ saljuqiy
Sulton Sanjarga sodiqlik bilan xizmat qildi. Bu yillar ichida hech
o’ylamasdan, unga tobelik burchiga sodiq qoldi. Shu bilan birga o’z
hokimiyatini ham mustahkamlab bordi.
3
Ulug’ sultonning o’z vassaliga
hurmat-ehtiromi ayniqsa, 1130-yilda Otsiz Sulton Sanjarni o’limdan
qutqarib qolganidan so’ng nihoyatda oshgan edi. Otsiz Sulton Sanjar
o’rtasida kurash boshlanadi. 1038-yil oktabrda Xorazmga qarshi yurish
qildi. Hazorasp qal’asidagi jangda Otsizning qo’shinlari tor-mor
keltirildi. Jangda Otsizning sevimli o’g’li Otliq halok bo’ldi. Xorazmni
1
Сагдуллаев.A, Аминов.Б, Мавлонов.Ў, Норқулов.Ҳ. Ўзбекистон тарихи: Давлат ва
жамият тарихи I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.105.
2
Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: “Akademiya”, 2013. -Б.188.
3
Машарипов.О. Хоразмнома, Хоразм. 2007. -Б. 152.
76
egallach, Sulton Sanjar uni boshqarish ishini jiyani Sulaymonshohga
topshiradi. So’ngra o’zi 1139-yilda fevral oyida Marvga qaytib ketadi.
Mahalliy aholi va feodallar Otsizni har tomonlama qo’llab-
quvvatlaydilar.
1
Natijada u Sulaymonshohni Xorazmdan haydab
yuboradi bu yerda o’z hokimiyatini tiklaydi. Qoraxitoylar bilan Sulton
Sanjar qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi katta jang 1141-yil 9-
sentabrda Samarqand yaqinida bo’lib o’tadi. Jang Sulton Sanjar
qo’shinlarining tamomila tor-mor keltirilish bilan tugaydi. Sulton
Sanjar bir necha navkari bilan Termizga qarab qochadi. Saljuqiylar
davlatining bu qiyin ahvolidan Xoramshoh Otsiz zudlik bilan mohirona
foydalandi. 1141-yil 21-oktabrda saljuqiylar poytaxti Marv shahriga
yurish qilib, uni egalladilar. 1142-yil may oyida Nishopur shahriga
yurish uyushtirdi va uni ham o’z qaramog’iga oldi. Deyarli butun
Movarounnahrni egallagan qoraxitoylar Xorazmshoh Otsiz bilan bitim
tuzib, bu bitimga muvofiq qoraxitoylar egallagan bir qancha yerlar,
jumladan, Buxoro shahrini boshqarish ishini Xorazmshoh Otsiz va
uning qarindoshlari qo’liga berdilar.
2
Alouddin Otsiz Xorazmni mustaqil boshqarish maqsadida bir
necha marta Sulton Sanjarga qarshi (1138, 1141-1142, 1147-1148)-
yillarda isyonlar qilgan bo’lsada, butunlay mustaqil bo’lish unga nasib
etmadi.
3
Shunga qaramasdan, ko’pchilik odamlarning e’tirof
etishlaricha, u Xorazmni mustaqil davlat bo’lishi uchun asos yarata
oldi. Ya’ni, Otsiz Anushtegin Xorazmshohlar sulolasi nafaqat bir
viloyat, balki ulkan mintaqada ham siyosat yurgizishi va dongdor
siyosiy kuchlar bilan raqobatlasha olishi mumkinligini amalda ko’rsata
oldi. Chunki Otsizning asosiy maqsadi va siyosatining asosi Xorazmda
o’z hokimiyatini mustahkamlash edi. O’zining uzoq yillik hukmronligi
davrida (u 29 yil davlatni boshqargan) Otsiz Bag’dod xalifalari bilan
aloqalarini mustahkamlashga intilib, Sulton Sanjarga qarshi kurashda
Bag’dod xalifasini ittifoqchi qilishga ham harakat qilib ko’rdi.
1156-yilda Otsiz qoqshol kasaliga uchrab vafot etadi. 23-avgust
1156-yil (3 rajab, 551) da rasman Xorazm taxtiga Elarslon (1156-1172)
o’tiradi. Elarslon otasiga qaraganda qulay vaziyatda taxtni boshqardi.
1
Иброҳим Кафес ўғли Хоразмшоҳлар давлати тарихи. -T.: “Navro’z”, 2016. -Б.53.
2
Машарипов.О. Хоразмнома, Хоразм. 2007. -Б. 156.
3
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.190.
77
Chunki 1157-yilda Sulton Sanjar vafot etganidan so’ng Saljuqiylar
davlati mayda viloyatlarga bo’linib ketdi va Xorazmni mustaqil siyosat
olib borishi uchun keng yo’l ochildi. Elarslon Xurosondagi
Saljuqiylarning o’zaro kurashlaridan foydalanib Kaspiy bo’ylaridagi
Dehistonni bosib oldi. Shuningdek u, otasi davrida Xorazmga
bo’ysundirilgan ko’chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida
Movounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshlaydi. 1158-
yilda u katta qo’shin bilan Movounnahrga bostirib keldi. Bu vaqtda
Qoraxitoylarga vassal bo’lgan Qoraxoniylar ko’chmanchi qarluq
qabilalari bilan jang olib borayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro
va Samarqand uchun olib borilgan janglarida yordam beradi. Lekin
Qoraxitoylar qo’shinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon
Xorazmga qaytishga majbur bo’ldi. U bir necha marotaba Xorazmga
yurish qilgan bo’lsada, muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1171-1172-yillarda
Qoraxitoylarning
katta
qo’shini
Xorazmshohning o’lponni o’z vaqtida to’lamayotganini bahona qilib
Xorazm ustiga yurish qiladi. Elarslonning buyrug’i bilan Sirdaryodagi
katta to’g’onlar ochtirilib, Xorazm poytaxti yaqinidagi yo’llar suvga
bostirildi. Bu Qoraxoniylar qo’shini yurishini qiyinlashtirdi va
Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) talon-taroj qilishdan saqlab
qolindi. Ammo, Qoraxitoylarning bu yurishi davrida Elarslon
kasallikdan vafot etdi (1172-yil).
1
Shundan so’ng uning o’g’illari
Alouddin Takash va Sultonshoh Mahmud o’rtasida uzoq yillar toj-u-
taxt uchun kurash bordi. Alouddin Takash 1172-yilning dekabrida
Qoraxitoylar Chen Tion yordamida rasman taxtga o’tirgan bo’lsada,
aka-ukalar o’rtasida kurash davom etdi chunonchi, 1174-yilda
Sultonshoh Mahmudning onasi Turkon xotun Nishopur hukmdori Oy-
Aboga qimmatli sovg’alar yuborib, Takashga qarshi ittifoq taklif qildi.
O’sha yili Gurganjdan 20 farsax (masofa o’lchovi, Sharqning bir
qancha mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyoda ham 9-12 ming
qadamga teng bo’lgan qadimiy masofa o’lchovi) uzoqlikdagi Subvur
shahri ostonasida Oy-Abo qo’shinlari Alouddin Takash qo’shinlari
bilan to’qnashdi. Bu jangda qo’li baland kelib, Oy-Abo asir olindi va
qatl qilindi. Turkon xotun va Sultonshoh Kaspiy dengizning sharqiy
sohilidagi Dehistonga qochdilar.
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.191.
78
Shundan so’ng Alouddin Takash Xorazmda mustahkam o’rnashib
Qoraxitoylarga va’da bergan o’lponni to’lashdan bosh tortadi. Bunga
javoban Qoraxitoylar yana Xorazmga yurish qildilar, lekin
muvaffaqiyatsizlikga uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga kichik bir qo’shin
qoldirib o’zlari orqaga qaytadilar. Bu davrga kelib Xurosonning
anchagina qismi Xorazm davlatiga qo’shilgan bo’lsada, Marv va uning
atroflarida, Sabzavorda Sultonshoh Mahmud hukmronlik qilardi. 1187-
yilda aka-ukalar o’rtasida Nishopur ostonasida yana to’qnashuv bo’lib
Takash g’olib bo’ldi. Sultonshoh Marvga chekinishga majbur bo’ldi.
1188-yilda
Xurosonning
ulamolari
va
taniqli
amirlari
vositachiligida Sultonshoh bilan Takash o’rtasida sulh bitimi tuzildi. Bu
paytga kelib Takashning harbiy qudrati va obro’si oshib ketgan bo’lib,
Sultonshoh uning barcha shartlarini qabul qilishga majbur edi. Ammo,
bu uzoqqa cho’zilmay Sultonshoh G’o’r viloyati hukmdorlarini akasiga
qarshi kurashda o’ziga ittifoqchi qilib oldi. 1193-yilning bahorida
Takash yana Sultonshohga qarshi yurish boshladi.
1
Xorazmshoh
qo’shinlari Obivardga yetganida har ikkala tomonning vakillari bo’lgan
ulamo va din arboblari aka-ukalarni yana yarashtirib qo’yish uchun
muzokaralar boshladilar. Bu orada Saraxs qal’asining boshlig’i
Badriddin Chaqir xorazmshoh Takash tomonga o’tib ketib qal’a kaliti
va Sultonshohning barcha xazinalarini unga topshirdi. Bu voqealarni
ko’tara olmagan Sultonshoh 1193-yilning kuzida vafot etdi. Shu tariqa
Xorazmshoh Elarslonning ikki o’g’li 20 yildan ziyodroq davom etgan
kurashga yakun yasaldi.
Xorazmshoh Takash 1193-yilning dekabrida Marv shahrini fath
etib shahar va uning atroflariga katta o’g’li Nosiriddin Malikshohni
voliy etib tayinladi. Bag’dod xalifasi Nasr (1180-1225) va G’arbiy
Saljuqiylar sultoni To’g’rul II o’rtasidagi nizolardan foydalanib Takash
qo’shinlari 1194-yilning mart oyida To’g’rul II ga qarshi urush ochdi
va uni mag’lub etib Hamadon shahrini egalladi.
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan
xalifa Nasr qo’shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196-yilning iyun
oyida Takash qo’shinlari xalifa qo’shinlarini yengdi. Shu tariqa
Afg’oniston va Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo’liga o’tdi va
Xorazm davlati hududlari birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.137.
79
davlati endi Bag’dod xalifasiga tegishli joylar va G’uriylar bilan
chegaradosh bo’lib qoldi. Ammo ko’p o’tmasdan xalifa Nasr bilan
Takash munosabatlari yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh
Iroqi Arab va xalifalik poytaxti Bag’dodni bosib olishga qaror qildi.
Lekin bu yurish paytida Takash kasallanib, 1200-yil iyul oyida Xorazm
bilan Nishopur orasidagi Shahriston shahrida vafot etdi.
1
O’rta asrlar mualliflar ma’lumotlari asosida tadqiqotlar olib
borgan Z. Buniyatovning xulosalariga ko’ra, Xorazmshoh Takash o’z
fuqaroligiga nisbatan adolatli bo’lgan. U boshqa sultonlarga nisbatan
qobiliyatli, yirik diplomatiya va zukko lashkarboshi edi. Shu bois bo’lsa
kerakki, Xorazmshoh-Anushteginlar davlatining nisbatan kuchayishi,
Alouddin Takash faoliyatining ma’muriy idora boshqaruvi o’zining
qat’iyatliligi va tartib-intizomi bilan ajralib turadi. Lekin Takashning
katta xatosi shunda ediki, u o’zining xotini Turkon xotun mansub
bo’lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni doimo
qo’llab-quvatladi. Turkon xotun (uning shaxsiy muhrida “Ismat ud-
Dunyo vad-Din Ulug’ Turkon malika niso alolamiy”, “Dunyo va uning
pokdomoni, Ulug’ Turkon, olam ayollarining malikasi” degan yozuv
bitilgan edi) ularga tayanib katta hokimiyatga ega bo’ldi, o’z
homiyligidagi odamlarning yuqori lavozimlarni egallashini ta’minladi.
Natijada bu alohida turk harbiy-feodal tabaqasi paydo bo’lishiga olib
keldi va amalda Xorazmshohlar davlatining inqiroziga sabab bo’ldi.
1200-yilning avgust oyida Xorazmshohlar taxtiga Takashning
o’g’li Qutbiddin Muhammad o’tirdi (1200-1221) va otasining Alouddin
laqabini qabul qildi. U taxtga o’tirishi bilanoq ayrim muammolarga
duch kelgan bo’lsada, ularni zudlik bilan bartaraf etib, 1203-yilda
Qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa
Hirot va uning Qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshoh
g’alabasi bilan tugadi va u Qoraxitoylarning O’zgandagi boy xazinasini
qo’lga kiritdi. Umuman, Alouddin Muhammad 1210 va 1212-yillarda
Qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib ularni butunlay tor-
mor etdi. Buning natijasida uning obro’yi oshib ketdi.
Alouddin Muhammad 1207-yilda Movounnahrga yurish qilib
Buxorodagi Sanjar qo’zg’olonini bostirdi va Buxoroni egalladi.
Xorazmshoh 1210-yilda qarluqlar bilan ittifoq tuzib ikkinchi Iskandar,
1
Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: “Akademiya”, 2013. -Б.190.
80
ikkinchi Sulton Sanjar laqablarini olishga musharraf bo’ldi. 1212-yili
Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi.
1
Alouddin Muhammad sa’y-
harakatlari tufayli 1217-yilga kelib butun Movorounnahr, Ozarbayjon,
Eron, Xurosondan Hindistongacha bo’lgan yerlarda Xorazmshohlar
hukmdorligi o’rnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati
mustahkam emas edi. Bu holat Mo’g’ul bosqini paytida yaqqol
namoyon bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |