Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix09.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#95310
  1   2   3   4   5   6
205-210 YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘LNING PORTLOVCHI KUCHINI NOSTANDART MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH



205 
ISSN: 2545-0573 
GOSPODARKA I INNOWACJE
 
Volume: 24 | 2022 
 
YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘LNING PORTLOVCHI KUCHINI 
NOSTANDART MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH 
 
M. A. Kdirova 
O‘zDJTSU, p.f.n., dotsent 
G. I. Sayidova 
O‘zDJTSU 2 - kurs magistrant 
A R T I C L E I N F O.
Annotatsiya
 
Kalit so’zlar: 
Dinamik kuch, statik kuch, amaliyot, 
sport faoliyati, rivojlantiruvchi 
mashqlar. 
Ushbu maqolada yosh voleybolchilarda qo„lning portlovchi 
kuchini nostandart mashqlar asosida rivojlantirish usullari va 
samarasi haqida so‟z boradi. Maqola davomida yosh 
voleybolchilarning kuch sifatini rivojlantirishda mashqlar 
yuklamalarini uzluksizlik, izchillik va to„lqinsimon prinsipda 
qo„llashning ahamiyati haqida to‟xtalib o‟tilgan.
http://www.gospodarkainnowacje.pl/ © 2022 LWAB. 
 
 
Insonning harakat faoliyati doimo muayyan maqsadga qaratilgan bo„ladi. Binobarin, shu harakat 
faoliyatining sifati va pirovard samaradorligi aniq me‟yorlangan mushaklar kuchiga bog„liqdir. Ish 
faoliyatining yo„nalishi, turi, muddati, hajmi va shiddatiga qarab (ag„darish, og„irliklar ko„tarish, sport 
malakasini ijro etish, soatsozni soat ta‟mirlashi va h.) kuch turli mazmuniy xususiyatiga ega bo„ladi: 
dinamik kuch, statik kuch, absolyut kuch, nisbiy kuch, maksimal kuch, «portlovchi» kuch, inersion 
kuch va hokazo. 
Sport faoliyatida, jumladan voleybol o„yinida, qayd etilgan kuch turlarining barchasi yetarli 
shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda sport nazariyasi va amaliyotiga 
ma‟lumki trenirovka mashg„ulotlarida kuch sifatini rivojlantirish (ayniqsa dastlabki tayyorgarlik 
bosqichida) alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki, kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni zo„rma-
zo„raki qo„llash organizmni jarohatlashi mumkin, yoki aksincha shunday mashqlar hajmi va shiddati 
yetarli bo„lmasa kuch sifati ma‟lum muddatdan so„ng rivojlanishdan to„xtaydi. Demak, kuch sifatini 
rivojlantirishda mashqlar yuklamalarini uzluksizlik, izchillik va to„lqinsimon prinsipda qo„llash 
maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, kuchni shakllantirishda og„irliklar va og„irliksiz ijro etiladigan 
mashqlarni shug„ullanuvchilar yoshi, jismoniy va funsksional imkoniyatlariga mos yoki hiyol yuqoriroq 
chegarada qo„llash darkor bo„ladi.
Dastlabki tayyorgarlik guruhiga mansub yosh voleybolchilarda o„yin malakalarini samarali 
shakllantirish kuch sifatini rivojlanganlik darajasiga bog„liqdir. Ayniqsa, to„pni aniq uzatish, o„yinga 
to„p kiritish, zarba berish qo„l kuchini o„ziga xos ravishda rivojlantirishni taqozo etadi. Buning uchun 


206 
dastlab qo„llarini bukuvchi va yozuvchi mushaklari kuchini tarbiyalash kerak bo„ladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin