25
3. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal
qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Huquqiy mе’yorlar
o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi
fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot
birligiga xarajatlarni
ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. Korxonaga davlat tomonidan
bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni
o’zgartiradi. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.
Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki
mahsulot sinonimi sifatida
qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va
xizmatlarning umumiy miqdoridir.
Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va
xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi.
Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami
talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga
bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu
usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi.
Makrodarajada
iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif
hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi
hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi
grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).