Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar


 Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix10.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#95734
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
yalpi talab va yalpi taklif ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar

3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi 
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma 
bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib 
olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini 
aytib o’tgan edik.
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul 
egalari, ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, 
aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha 
aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi 
oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va 
xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday 
moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga 
solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va 
uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali 
ifodalash mumkin. Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi 
juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori 
va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi 
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.


31 
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta 
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli 
darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin