38
Xulosa.
Fan psixologiya tizimida psixologik jarayonlarni eksperimental o‘rganish
kasbiy
layoqatlarning shakllanishi va ularning shaxs faoliyatidagi o‘rni bugungi kunning dolzarb
masalalaridan ekanligi tadqimqot jarayonida yana bir bor o‘z isbotini topdi. Kasbiy kizikishlar
va ular asosida o‘quvchilarning
kasbiy layokatlari, bilimlarining rivojlanishi,kasbiy
ko‘nikmalarini shakllanishi xar bir o‘quvchining kelajakdagi qanday kasb egallashida muxim rol
o‘ynaydi.
Kasblarning ijtimoiy ahamiyati kasb tanlash va tashviqot targ‘ibot ishlarini tashkil etish
jarayonining asosiy mohiyatini bildiradi. bu orqali o‘quvchilarning o‘z layoqatlari va qiziq
ishlari
asosida to‘g‘ri kasb egallash imkoniga ega bo‘ladilar va kasbiy
bilimlari asosida kasbiy
ko‘nikmalari shakllanadi.
Albatta jamiyat taraqqiyotining asosini yetuk mutaxasisslar va kasb egalarini
tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshrishda shaxslarning kasbga bo‘lgan kizikishlari va xar bir
kasb
egasining bilimdonligi, tadbirkorligi va kasbiy fidoiyligi muximligini e’tirof etish
maqsadga muvofikdir.
Tajribalar natijalarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra birinchi bosqichga kelgan o‘quvchi
kasblar haqida, ularning mohiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lmaydilar
ekan. Ta’limning keyingi bosqichi davomida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari o‘rganilib,
ularni o‘z qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish o‘quvchilarning kasbiy
bilimlarini mustahkamlaydi. Kasbiy ko‘nikma va malakalrini shakllantirish uchun to‘la
imkoniyatlari yaratiladi. Albatta buning uchun muxandis pedagoglar va mutaxsiss o‘qituvchilar
o‘quvchilar bilan olib boriladigan proforientatsiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysalar ko‘zlangan
maqsadga erish mumkin. Ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yilgan
xatolarni tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun har qanday yo‘nalishdagi kasbni
egallayotgan o‘quvchilarda
fikrlash, o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan
bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarni kasbga tayyorlash jarayonida intellektual komponentga
doimo e’tibor berilishi lozimligini taqozo etadi. Bu esa o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini
shakllantirishdagi motivlar mohiyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi.
O‘quvchilar
bilan olib borilgan IPS metodi, kasbi motivlarini aniqlash usuli va suhbat
metodlari natijalariga ko‘ra o‘rganilgan respondetlardan 70-80% o‘quvchilar kasbiy bilimlarga
kasb hunar kollejlariga kelgandan so‘ng ega bo‘lishi va ayni shu ta’limning o‘rta bo‘g‘inida
kasbiy ko‘nikmalarning shakllanishi uchun shart - sharoitlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Tajribalarning natitjalariga ko‘ra, o‘quvchilarning kasbiy qizikishlari asosida kasb
ko‘nikmalarini shaklantirish imkoniyatlari ijtimoiy psixologik ta’sirlar
yordamida oshib borishi
isbotlandi.
- Kasb hunar kolleji tizimida kasbiy bilimlarni takomillashtirish va kasbga bo‘lgan
munosabat motivlarini rivojlantirish o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini shakllantirishdagi
motivlar muammolarini xal etish mumkin.
- Psixologik maslahat va proforientatsiya ishlarini rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yiish orqali o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish kasb xunar kollejida kasbiy
ta’lim mazmunan sifat jihatdan takomillashtirish mumkinligi isbotlandi.
- Kasbiy ko‘nikma va malakalar yuzasida talabalarning bilimlari oshiriladi. Kasb tanlash
motivlarining aniqlanishi ularning kasbga yo‘llash ishlarida muhim omil ekanligi asoslandi.
Shuningdek,
1. Kasbiy bilimlarni maktab ta’limidanoq boshlash o‘quvchilardagi kasbiy ko‘nikmalarni
shaklantirish imkonini oshiradi va kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘l tutishga yordam beradi.
2. O‘quvchilarning kasbiy qizikishlari asosida kasb ko‘nikmalarini shaklantirish imkoniyatlari
oshadi.
39
3. Kasb hunar kolleji tizimida kasbiy bilimlarni takomillashtirish va kasbga bo‘lgan munosabat
motivlarini rivojlantirish muammolarini hal qilishda proforientatsiya
ishlarini rivojlantirish
maqsadga muvofiq.
4. Psixologik maslahat va proforientatsiya ishlari rivojlantiriladi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.
Kasb xunar kollejida kasbiy ta’lim mazmuni sifat jihatdan takomillashtirish zaruriyligi o‘z
isbotini topdi.
5. Psixologik maorif va psoforientatsion ishlarda o‘qituvchilar hamda ota- onalar hamkorlik
ishlari rivojlantirildi.
6. Kasbiy ko‘nikma va malakalar yuzasida talabalarning bilimlari oshirilganligi va ularning
kasbiy munosabat motivlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. (burch motivi, ma’suliyat
motivi)
7. Kasb tanlash motivlarining aniqlanishi ularning kasbga yo‘llash ishlarida muhim omil ekanligi
asoslandi.
8.Turli kasblar
bilan nazariy tanishib kolmay, balki bir muncha ommaviy kasblarni bilish,
ishlab chiqarish jamoalariga qo‘shilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash
o‘quvchilarning kasb tanlashiga imkon beradi.
Bolaning qanday kasbni tanlashi juda muhim hayotiy masala bo‘lib, uni hal qilishda oila
hamda maktab jamoasining hamkorlikdagi olib boradigan kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari
ma’lum bir natijalarga asoslangan hamda rejali bo‘lishi darkor. Chunki kelajakda bolaning
jamiyatda qanday o‘ringa ega bo‘lishi, kasb-hunarni egallashi yuqoridagi ishlarni qay tarzda
amalga oshirilishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: