O’yindagi duch kelinadigan qiyinchiliklar
O’yinning bayonnomasini yuritish o’quvchilarda ishtiyoqni yo’qolishi bilan bog’liq
muammolarga olib keladi. Muammodan chiqish uchun boshlovchi
bayonnomalar blankini
oldindan o’zi yoki oldingi mashg’ulotda o’quvchilar bilan birgalikda tanlab qo’yishi
lozim
bo’ladi.
Ba’zi o’quvchilar o’yinni tez tugatib, ishsiz qoladilar. Boshlovchi ularga nimadir topshiriq
berishi, ya’ni bayonnomani to’g’ri yuritganliklarini shaxsan tekshirib ko’rishlarini
taklif etishi
lozim (ba’zan o’quvchilar kasbiy rejalarni faqat suhbat boshida
baholaydilar va yakunida
baholashni unutib qoldiradilar).
Mabodo sinfda biror o’quvchi toq bo’lib qolsa, u holda unga ikkinchi maslahatchini sherik
qilib olishni tavsiya etish mumkin. Bu o’yin oldingi “Proforientsiya” o’yinlaridan o’tkazilish
murakkabligi bilan farq qiladi va uning natijalari ancha sodda bo’ladi.
O’yinni rivojlantirish istiqbollari
O’yin bayonnomalarini takomillashtirish kerak. O’yin yakunida
beriladigan maslahatlar
kasb tanlashning umumiy muammolariga emas, o’quvchining kasbiy o’zligini anglashning aniq
masalalariga qaratilishi muhim. Shuningdek, o’quvchilar bilan qaytar aloqa o’rnatishga, ularning
bayonnomalarini muhokamasiga e’tibor qaratish lozim. Buni o’quvchilar
bilan alohida yoki
o’yindagi juftliklar bilan suhbatda hal etish mumkin.