36
o‘zini sinash va tavakkal qilish, kasbiy qobiliyatini namoyon etishga yo‘l qo‘ymagansiz.
Bolalarning mustaqil hayoti uchun ma’lum bir kasb-hunarni egallashda ishonchli posboni kim
bo‘lishi mumkin o‘zi? Ta’lim – tarbiya bilan kelajak haqidagi kasbiy
qarorini shakllantirishni
bir- biriga qanday moslab olib borish kerak? Bu haqida bolaning o‘zi aytmaydi. Bolalarning siz-
u, biz istagan ta’lim muassasalari (kasbiy yo‘nalishlari) to‘g‘ri kelmasligi haqidagi e’tirozini
jiddiy qabul qilmaymiz, ko‘z yoshlari o‘tadi-ketadi. Biz ularni kasbiy qobiliyatlarini aniqlashda,
kuzatishga ko‘pincha vaqtimiz ham bo‘lmaydi. Biz band bo‘lamiz. 9-sinfni tamomlash vaqti
kelganda bo‘l-bo‘lga tushamiz: bolalarimiz mana bu o‘qishga kirib olib o‘qiy qolsa va tezroq
tarbiyalanib bir kasbni egasi bo‘lsa-yu, mana shunday odam bo‘lsa, deymiz. Hech bir to‘xtab,
mulohaza qilib ko‘rmaymiz. Ayb qildimi-tanbeh berib qo‘yamiz, tobi qochdimi-vrach
chaqiramiz, o‘qishda sudraldimi- repetitor topamiz. Biror marotaba sen nimaga qiziqasan?,
kasbiy qiziqishing qanaqa? Qaysi yo‘nalishda o‘qishni xohlaysan? Kabi savollar bilan bolaning
o‘zidan, maktab amaliyotchi psixologi yoki sinf rahbaridan borib so‘ramaymiz. Bola hali non
topib kelmaydi, uy-joy, maktablar qurmaydi. Unga hamma narsani o‘zimiz, kattalar va kuchlilar
muhayyo qilamiz. Bola hali yosh, g‘o‘r... bundan ham yomoni, bola noiloj. Biz uni ko‘klarga
ko‘tarishimiz mumkin, chopib ketayotgan joyida to‘xtatishimiz, uning g‘ayratini,
harakatini
so‘ndirishimiz mumkin. Har safar u so‘zga kirmaganda, uni majbur etishga kuch topa olamiz.
Shuning uchun ham u xo‘p deyish kerakligini biladi, lekin bo‘yin egishdan oldin necha martalab
quloq solmaslikka harakat qiladi! Biz yana bir noto‘g‘ri qadam qo‘yish bilan “yaxshi” bola
o‘rniga “qobil” bolaga ega bo‘lamiz va uning o‘ziga xos hamma odatlarini, erki va irodasini,
talablarini qanday bo‘lmasin qayirib tashlay boshlaymiz. Buning ustiga uyda ham kata
yig‘ilishlarda ham “Sen ana shu kishiga o‘xshagan bo‘lishing kerak” deb o‘rgataveramiz. Bizga
ko‘pincha samimiy iliqlik, bolalarga qanday bo‘lsa shundayligicha hamma odatlari bilan
mehrimizni tovlash yetishmaydi. Amalga oshirilgan oddiy ishlarni bo‘lmabtiga chiqarish,
kamsitish - bu qattiq yangilishish va madaniyatsizlikdir. “Kimga o‘xshab qolyapti o‘zi?” deb
ko‘ngil to‘lmayotganligini oshkora izhor etavermaslik kerak. Biz,
ota-onalar hammamiz ham
benuqsonmiz, deb aytib bo‘lmaydi. Buning unchalik ahamiyati yo‘q! Bolalar bizning yaxshiroq
bo‘lishga urinayotganligimizni qadrlaydilar va kamolga yeta borish uchun kerakli saboqni
oladilar. Mana bu kasbning mavqeyi baland, mana bu kasbning kelajagi bor deb majburlab
yo‘naltirish yaxshi emas. Shuni yodda tutishimiz kerakki, bola yutuq chiqadigan lotareya bileti
emas... Har bir farzandning o‘z kasbiy layoqati, qiziqishi, yolqini bor, bu yolqindan baxt va
haqiqat olovi alangalanadi. Bolalarning hammasi –
turlichadir, butun qiyinchilik ham ana
shunda!
Yoningda oqqan suvning qadri yo‘q deb mashoyiqlarimiz bekorga aytmagan.
Ishonchli, haqiqiy do‘st axtarib qaerlarga bormaymiz, u esa shu yerda, yoningizda, qo‘lingizni
uzatsangiz yetadi, u tarbiyalayotgan farzandingizdir. Faqat uning bugungi kunini, hayot yo‘li,
kelajagi haqidagi kasbiy qarorini hisobga olish kerak.
Bolalarimizning asabiylashishi, injiqliklari, jahli va shaddodligi - ko‘pincha yordamga, mehrga,
ishonchga zorligining ifodasidir. Agar bu holatlar bezovta uyqu, bosh og‘rig‘i, cho‘chish-
alahsirash, ish qobiliyatining yo‘qolishi, haroratining ko‘tarilishi-pasayishi
tarzida namoyon
bo‘lsa vrach chaqirib eng
yaxshi dori-darmonlarni izlashga shoshilmang, balki o‘z farzandingizga e’tibor bilan
munosabatda bo‘ling, zotan hech bir vrach mehribon onaning g‘amho‘rlik bilan kuzatishi o‘rnini
bosolmaydi. “Qiyin bolalar” bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bunday bolalar, yo‘q,
to‘g‘rirog‘i, “qiyin” kattalar ular atrofini o‘rab turmaganida undaylar bo‘lmasdi. Kattalarga
ishonchni, yaxshilik va adolatga
bo‘lgan ishonchni ana shunday kattalarning o‘zi barbod qilganlar. Endi bizning ular bilan
munosabatimiz qiyin, lekin ularga ham biz bilan munosabatda
bo‘lish oson emas. Agar o‘g‘il yoki qizingiz “yomon” davraga tushib qolgan ekan, demak,
sizning oilangizni ham u qadar yaxshi deb bo‘lmaydi. Bolalarni ilk yoshlik davridan boshlab
ta’lim-tarbiya bilan birga uning yoshini e’tiborga
olgan holda, oilada ota yoki onaga qo‘lidan
kelganicha yordamlashishga jalb etib borish lozim edi. Ehtimol, siz bolalaringiz kasbiy
37
qiziqishlari orqali qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish istagini bildirganda, ma’lum bir kasbga
doir asbob-uskunani topishga yordamlashish kabi muammolarini hal etishdan qo‘l siltagan
bo‘lsangiz kerak, ehtimol siz mening burchim kiyintirishu, qornini to‘ydirishdan iborat, deb
farzandlaringiz bilan ma’naviy aloqani allaqachon uzib qo‘ygandirsiz. Balki bolalaringiz
yolg‘izlik paytida sizdan madad olmagan,
buning aksicha, siz ularni bo‘lar-bo‘lmasga koyib
kelgansiz. Vaholanki ota bilan ona olamda eng yaqin, eng ishonchli odamlardir!
Dostları ilə paylaş: