Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
TA’lim vazirligi

Uchinchi 
bob 
bo‘yicha 
xulosa. 
Kasbiy 
bilimlarni 
tadqiq etish o‘quvchilarning 
kasbiy 
layoqatlarini 
va 
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash orqali kasb tanlash yo‘nalishidagi dolzarb 
maslalarini aniqlash imkonini berdi. O‘quvchilar bilan olib borilgan IPS metodi, kasbi 
motivlarini aniqlash usuli va suhbat metodlari natijalariga ko‘ra o‘rganilgan respondenlardan 70-
80% o‘quvchilar kasbiy bilimlarga kasb-hunar kollejlariga kelgandan so‘ng ega bo‘lishi va ayni 
shu ta’limning o‘rta bo‘g‘inida kasbiy ko‘nikmalarning shakllanishi uchun shart-sharoitlar 
mavjudligini ko‘rsatdi. 
Tajribalar natijalarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra birinchi bosqichga kelgan o‘quvchi 
kasblar haqida, ularning mohiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lmaydilar 
ekan. Ta’limning keyingi bosqichi davomida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari o‘rganilib, 
ularni o‘z qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish o‘quvchilarning kasbiy 
bilimlarini mustahkamlaydi. Kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun to‘la 
imkoniyatlari yaratiladi. Albatta buning uchun muxandis pedagoglar va mutaxasiss o‘qituvchilar 
o‘quvchilar bilan olib boriladigan proforientatsiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysalar ko‘zlangan 
maqsadga erishish mumkin. 
Ota-onalarning farzandlari tanlagan kasblariga bo‘lgan ishonch tuyg‘usi . 
Xo‘sh, farzandingizning kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqati, maktab amaliyotchi 
psixologi tashxisiga ko‘ra berilgan tavsiyadan habardormisiz. Yoki aksincha, ularga qat’iy rioya 
etmasangiz farzandingizga o‘z layoqati (kasbiy qobiliyati, qiziqishi)ni sinab ko‘rish huquqini 
bermay, ota- onaning istak, xohishlari bilan ta’limning keyingi bosqichiga qanday yo‘naltirish 
yoki ularning kelajagini qanday tasavvur etish mumkin? 
Bolalarimizning kasbiy qarorini aniqlashtirmay, ularning kasbiy qaroriga ishonch 
bildirmasdan, o‘zimiz istagan akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga joylashtirib qo‘ysak, 
hayot sinovlari oldida ularni ojiz qilib qo‘ymaymizmi? Bolalar bizga ko‘pincha ortiqroq ishonch 
bildirib, suyanib qoladilar. Afsuski, o‘quvchilar bilan ota-onalarning yig‘ilishlari tez tugaydi, 
aks holda biz bolalar hayotidagi g‘alati bir qonuniyatni kuzatgan bo‘lardik. Uyda- ota-onaning 
maslahatlariga ko‘nmaslik,norozilik, xullas tamomila hurmatsizlik sezilsa- da, ertasiga maktabda 
bola: “Mening dadam undaylar... Mening onam bundaylar!” deb rosa maqtanadi. Katta bo‘lgan 
sari uylari haqida astaroq, kamroq gapiradi, lekin mehr va ishonch qolaveradi. 
Bola oila asosining haqiqiy posboni ekanligini kattalar bilarmikan? Agar ota yoki ona o‘z 
hissiyotlarini tiyolmay oilani barbod qilsa ham, bola uzoq yillar qalbida oila “niqob”ini saqlab 
yuradi. O‘quvchilik yillarim shunga ishonch hosil qildirdiki, bitta yomonlik qilish bilan bola 
otaga, onaga, o‘qituvchiga ishonmay qo‘yishi mumkin emas. Shunday ekan, biz ota-onalar o‘z 
farzandlarimizga tanlagan kasbiy qarorlarini qo‘llab, ularni tanlagan kasblari orqali hayotda o‘z 
o‘rinlarini topib ketishlariga ishonchbildirayapmizmi? 
Men bolalarning ota-onalari va o‘qituvchilarini qadr qilmasligidan yomon narsani 
bilmayman. Hamma yaxshi narsalar, butun kuch-quvvat, butun hayot bolalarga baxshida etildi... 
Natijada-chi?... qanday noshukurlik, qanday yaramas adolatsizlik! Nega? Biz uning aytganini 
doim qilib kelganmiz-ku? Yo‘q, unday emas. Hayotning ma’lum bir davrida unga ishonchsizlik 
bildirganmiz. Siz mustaqilligiga yo‘l bermagansiz, o‘z-o‘zini boshqarishga to‘sqinlik qilgansiz, 
VIII 
3 4 2 5 1 
Topshi 
riq 
lar
1 2 3 4 5 

5 4 3 2 1 
II 
2 3 4 5 1 
II 
4 3 5 2 1 
IV 
2 3 4 5 1 

4 3 2 5 1 
VI 
2 3 4 5 1 
VII 
1 4 5 2 1 
VIII 
3 4 2 5 1 
Topshi 
riq 
lar
1 2 3 4 5 

5 4 3 2 1 
II 
2 3 4 5 1 
II 
4 3 5 2 1 
IV 
2 3 4 5 1 

4 3 2 5 1 
VI 
2 3 4 5 1 
VII 
1 4 5 2 1 
VIII 
3 4 2 5 1 


36 
o‘zini sinash va tavakkal qilish, kasbiy qobiliyatini namoyon etishga yo‘l qo‘ymagansiz.
Bolalarning mustaqil hayoti uchun ma’lum bir kasb-hunarni egallashda ishonchli posboni kim 
bo‘lishi mumkin o‘zi? Ta’lim – tarbiya bilan kelajak haqidagi kasbiy qarorini shakllantirishni 
bir- biriga qanday moslab olib borish kerak? Bu haqida bolaning o‘zi aytmaydi. Bolalarning siz-
u, biz istagan ta’lim muassasalari (kasbiy yo‘nalishlari) to‘g‘ri kelmasligi haqidagi e’tirozini 
jiddiy qabul qilmaymiz, ko‘z yoshlari o‘tadi-ketadi. Biz ularni kasbiy qobiliyatlarini aniqlashda, 
kuzatishga ko‘pincha vaqtimiz ham bo‘lmaydi. Biz band bo‘lamiz. 9-sinfni tamomlash vaqti 
kelganda bo‘l-bo‘lga tushamiz: bolalarimiz mana bu o‘qishga kirib olib o‘qiy qolsa va tezroq 
tarbiyalanib bir kasbni egasi bo‘lsa-yu, mana shunday odam bo‘lsa, deymiz. Hech bir to‘xtab, 
mulohaza qilib ko‘rmaymiz. Ayb qildimi-tanbeh berib qo‘yamiz, tobi qochdimi-vrach 
chaqiramiz, o‘qishda sudraldimi- repetitor topamiz. Biror marotaba sen nimaga qiziqasan?, 
kasbiy qiziqishing qanaqa? Qaysi yo‘nalishda o‘qishni xohlaysan? Kabi savollar bilan bolaning 
o‘zidan, maktab amaliyotchi psixologi yoki sinf rahbaridan borib so‘ramaymiz. Bola hali non 
topib kelmaydi, uy-joy, maktablar qurmaydi. Unga hamma narsani o‘zimiz, kattalar va kuchlilar 
muhayyo qilamiz. Bola hali yosh, g‘o‘r... bundan ham yomoni, bola noiloj. Biz uni ko‘klarga 
ko‘tarishimiz mumkin, chopib ketayotgan joyida to‘xtatishimiz, uning g‘ayratini, harakatini 
so‘ndirishimiz mumkin. Har safar u so‘zga kirmaganda, uni majbur etishga kuch topa olamiz. 
Shuning uchun ham u xo‘p deyish kerakligini biladi, lekin bo‘yin egishdan oldin necha martalab 
quloq solmaslikka harakat qiladi! Biz yana bir noto‘g‘ri qadam qo‘yish bilan “yaxshi” bola 
o‘rniga “qobil” bolaga ega bo‘lamiz va uning o‘ziga xos hamma odatlarini, erki va irodasini, 
talablarini qanday bo‘lmasin qayirib tashlay boshlaymiz. Buning ustiga uyda ham kata 
yig‘ilishlarda ham “Sen ana shu kishiga o‘xshagan bo‘lishing kerak” deb o‘rgataveramiz. Bizga 
ko‘pincha samimiy iliqlik, bolalarga qanday bo‘lsa shundayligicha hamma odatlari bilan 
mehrimizni tovlash yetishmaydi. Amalga oshirilgan oddiy ishlarni bo‘lmabtiga chiqarish, 
kamsitish - bu qattiq yangilishish va madaniyatsizlikdir. “Kimga o‘xshab qolyapti o‘zi?” deb 
ko‘ngil to‘lmayotganligini oshkora izhor etavermaslik kerak. Biz, ota-onalar hammamiz ham 
benuqsonmiz, deb aytib bo‘lmaydi. Buning unchalik ahamiyati yo‘q! Bolalar bizning yaxshiroq 
bo‘lishga urinayotganligimizni qadrlaydilar va kamolga yeta borish uchun kerakli saboqni 
oladilar. Mana bu kasbning mavqeyi baland, mana bu kasbning kelajagi bor deb majburlab 
yo‘naltirish yaxshi emas. Shuni yodda tutishimiz kerakki, bola yutuq chiqadigan lotareya bileti 
emas... Har bir farzandning o‘z kasbiy layoqati, qiziqishi, yolqini bor, bu yolqindan baxt va 
haqiqat olovi alangalanadi. Bolalarning hammasi – turlichadir, butun qiyinchilik ham ana 
shunda!
Yoningda oqqan suvning qadri yo‘q deb mashoyiqlarimiz bekorga aytmagan. 
Ishonchli, haqiqiy do‘st axtarib qaerlarga bormaymiz, u esa shu yerda, yoningizda, qo‘lingizni 
uzatsangiz yetadi, u tarbiyalayotgan farzandingizdir. Faqat uning bugungi kunini, hayot yo‘li, 
kelajagi haqidagi kasbiy qarorini hisobga olish kerak. 
Bolalarimizning asabiylashishi, injiqliklari, jahli va shaddodligi - ko‘pincha yordamga, mehrga, 
ishonchga zorligining ifodasidir. Agar bu holatlar bezovta uyqu, bosh og‘rig‘i, cho‘chish-
alahsirash, ish qobiliyatining yo‘qolishi, haroratining ko‘tarilishi-pasayishi tarzida namoyon 
bo‘lsa vrach chaqirib eng 
yaxshi dori-darmonlarni izlashga shoshilmang, balki o‘z farzandingizga e’tibor bilan 
munosabatda bo‘ling, zotan hech bir vrach mehribon onaning g‘amho‘rlik bilan kuzatishi o‘rnini 
bosolmaydi. “Qiyin bolalar” bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bunday bolalar, yo‘q, 
to‘g‘rirog‘i, “qiyin” kattalar ular atrofini o‘rab turmaganida undaylar bo‘lmasdi. Kattalarga 
ishonchni, yaxshilik va adolatga 
bo‘lgan ishonchni ana shunday kattalarning o‘zi barbod qilganlar. Endi bizning ular bilan 
munosabatimiz qiyin, lekin ularga ham biz bilan munosabatda 
bo‘lish oson emas. Agar o‘g‘il yoki qizingiz “yomon” davraga tushib qolgan ekan, demak, 
sizning oilangizni ham u qadar yaxshi deb bo‘lmaydi. Bolalarni ilk yoshlik davridan boshlab 
ta’lim-tarbiya bilan birga uning yoshini e’tiborga olgan holda, oilada ota yoki onaga qo‘lidan 
kelganicha yordamlashishga jalb etib borish lozim edi. Ehtimol, siz bolalaringiz kasbiy 


37 
qiziqishlari orqali qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish istagini bildirganda, ma’lum bir kasbga 
doir asbob-uskunani topishga yordamlashish kabi muammolarini hal etishdan qo‘l siltagan 
bo‘lsangiz kerak, ehtimol siz mening burchim kiyintirishu, qornini to‘ydirishdan iborat, deb 
farzandlaringiz bilan ma’naviy aloqani allaqachon uzib qo‘ygandirsiz. Balki bolalaringiz 
yolg‘izlik paytida sizdan madad olmagan, buning aksicha, siz ularni bo‘lar-bo‘lmasga koyib 
kelgansiz. Vaholanki ota bilan ona olamda eng yaqin, eng ishonchli odamlardir! 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin