Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


Kasbiy ustanovkalarni aniqlash metodikasi savolnomasi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
TA’lim vazirligi

Kasbiy ustanovkalarni aniqlash metodikasi savolnomasi 
(I.M.Kondakov metodikasi.) 
Ko‘rsatma: To‘rtburchak ichida berilgan jumlalarni diqqat bilan (lozim bo‘lsa qayta-
qayta) o‘qib chiqing. Har bir topshiriq kasb tanlayotgan yoshlarning ruhiy holatini tavsif etuvchi 
5 ta jumladan iborat. Ularning ba’zilari sizdagi vaziyatga ko‘proq mos kelsa, boshqalari sizdan 
uzoqroq yoki sizni tavsif etmaydi. Sizdan mazkur jumlalarni o‘zingizga yaqin-uzoqligiga ko‘ra 
tartiblab chiqish so‘raladi. Ya’ni sizni eng ko‘p xarakterlaydigan jumlaning tartib raqami javob 
varaqasining 1-katakchasiga, ikkinchi navbatda mos keladigan jumlaning tartib raqami esa 2-
katakchaga yozib qo‘yiladi va demak sizga nisbatan eng “uzoq” fikr ifoda etilgan jumlaning 
tartib raqami 5-katakchaga kiritiladi. 
Marhamat, boshladik! 
I topshiriq 
1.Kasblar olamini yaxshi bilmayman
2.Kasb tanlashda o‘tkinchi havaslardan qochishni afzal ko‘raman 
3.O‘zimga mos kasbni to‘g‘ri tanlash uchun ko‘p narsalardan kechishga roziman. 
4.Har qanday kasbning uddasidan chiqa olaman. 
5.Kasb tanlashim haqida menga berilgan har xil maslahatlarni diqqat bilan tinglayman. 
 
II topshiriq 
1.Kasbni to‘g‘ri tanlash uchun yordamga muhtojman. 
2.Har xil o‘y-xayollar bilan vaqtni bekor ketkazmasdan bo‘lajak kasbimga aniq qadamlar 
qo‘yish zarur deb o‘ylayman. 
3.Nasib qilsa tanlagan kasbim o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
4.Kelajakda yuksak malakali mutaxassis bo‘lishimga shubham yo‘q. 
5.Tengdoshlarim qatori biron bir kasb egasi bo‘lsam shu men uchun kifoya. 
 
III topshiriq 
1.Kasb tanlashda qat’iyatli emasman. 
2.Kasbni to‘g‘ri tanlash uchun aniq reja tuzib olishim kerak deb o‘ylayman. 
3.Bo‘lajak kasbimga munosib bo‘lishim uchun ko‘p xislatlarimni o‘zgartirishga tayyorman. 
4.Mendagi xislatlar har qanday kasbga mos keladi. 
5.Mening bo‘lajak kasbim boshqalarni ham bezovtalantirsa o‘zimni bardamroq his etaman. 


34 
IV topshiriq 
1.Bo‘lajak kasbni tanlashda nimalarga (o‘z imkoniyatlarim, ota-onam istagi va hokazo) 
asoslanishimni bilmay ikkilanaman. 
2.Turli kasblarga har xil odamlar tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy tavsiflarga ishonaverish 
maqsadga muvofiq emas. 
3.Xudo hoxlasa bo‘lajak kasbim mening barcha imkoniyatlarimni ro‘yobga chiqarishimga 
yordam beradi. 
4.Yaxshi mutaxassis bo‘lishim uchun barcha imkoniyatlarim yetarli. 
5.Menimcha yoshlarning bo‘lajak kasblarini tanlashlari uchun odatda kattalar yaxshi sharoit 
yaratib berishmaydi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin