Ota va onalar nimani istashadi? Aksariyat holda ota-onalar - yaxshi maslahatchi bo‘lib, bolalarining kelgusi kasbiy faoliyati
(ishi) to‘g‘risida jiddiy o‘ylab, ularga baxt tilaydilar. Lekin ota-onalar ham boshqa hamma
odamlarga o‘xshab xato qilishlari mumkin. Bunday xato ko‘p uchraydi. Ota-onalarning bunday
xatolari keyin farzandlarining taqdiriga salbiy ta’sir qiladi. Ota o‘z kasbiga nihoyatda berilgan,
unga astoydil ixlos qo‘ygan, bu ishda juda katta yutuqlarga erishgan, o‘zi uchun boshqa ishni
tasavvur ham etolmaydi. O‘g‘li uchun ham hech qanday kasbni ravo ko‘rmaydi. O‘g‘liga ham
qulay, ayni ko‘zi oldida, uyida o‘z otasi unga yaqqol namuna bo‘lib turibdi. Unda ham ayni
otasinikiga o‘xshash ishtiyoq, xarakterida o‘shanday belgilar, qobiliyat bo‘lsa qanday soz. Butun
bir kasb sulolalari ana shunday paydo bo‘ladi. Lekin ishtiyoq va layoqatlar boshqa-boshqacha,
ba’zan bir-biriga zid bo‘lishi mumkin. U
holda bir necha yil o‘tgach jamoatchilik orqasidan shunday gap bo‘ladi: “Yo‘q, otasiga
o‘xshamabdi. Otasi__ qanday edi-yu, o‘g‘li bo‘lsa...” Otasining izidan borish- albatta uning
ishida o‘zini ko‘rsatish, degan gap emas. Tanlagan kasbida
o‘zini ko‘rsatib, bu bilan ota obro‘sini mustahkamlash, o‘z kelajagini to‘g‘ri tanlab, hayotda o‘z
o‘rnini topib obro‘ qozonishi to‘g‘riroq emasmi? Boshqacha ham bo‘ladi. Turli sabablarga ko‘ra
ota-onaning ishi yurishmaydi, ular bu kasbni
yoqtirmaydilar. Bir vaqtlar orzulari boshqacha edi-yu, lekin u amalga oshmay qoldi. Endi esa o‘z
bolalarida o‘sha orzularni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zlari shug‘ullanishga, to‘g‘ri kelmagan
kasbga bolalarini majburan ko‘ndirmoqchi bo‘ladilar. Ko‘ndiraolsalar ko‘pincha oqibat
o‘zlarinikiga o‘xshagan bo‘lib chiqadi: orzu amalga oshmay, kasbiy toliqish, zerikish paydo
bo‘lib ishi to‘g‘ri kelmay, uddasidan chiqolmaydilar.
Kasbni har kim qiziqishi, layoqati va qobiliyati asosida o‘zi uchun o‘zi tanlaydi. To‘g‘ri,
yaqin kishilarining maslahatiga quloq solish, ularning bahosini hisobga olish, takliflar,
ogohlantirishlarni nazardan qochirmaslik, maktab amaliyotchi psixologi tavsiyalariga amal
qilishi kerak, ammo yigit va qizlarning o‘zlari, faqat o‘zlarigina bir qarorga kelishlari maqsadga
Yaratganimiz bizga otalik-onalik baxtini ato etgan, ayni vaqtda bo‘ynimizga juda katta mas’uliyat, javobgarlik ham qo‘ygan. Ana shu burchni qanday ado etganimiz haqida oxiratda ham javob berish muqarrarligini aslo unutmasligimiz zarur.