International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Hamburg, Germany
https: econferencezone.org
May 4
th
-5
th
2022
86
XIX ASR IKKINCHI YARMIDA BUYUK BRITANIYA ICHKI
SIYOSATIDA TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN
ISLOHOTLAR
Rustamov Olamgir Primkulovich
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix yo’nalishi 2- kurs magistranti
Ilmiy rahbar: t.f.n. dotsent Maxmudov O.A.
(90)502 23 35
olamgir.r@mail.ru
Annotation: The education system is the main social structure of each state that needs special attention, and
every government that comes to power seeks to improve this system in its domestic policy. The creation of a
production system based on new modern technologies based on scientific achievements, which will serve to
increase the economic potential of the country, is directly related to education. If we look closely, we can see
that serious attention to education is under the personal control of state leaders. This shows that the education
system is an important area of social life. In particular, we can see that in the second half of the 19th century
and the beginning of the 20th century, the governments that came to power in Great Britain also tried to
implement reforms to improve the education system and its condition. We will try to analyze as much as
possible the contradictions, debates, discussions and results of the implementation of these reforms.
Keywords: education, primary education, reform, church education, the Law on Primary Education, trade
unions, liberals, conservatives, government.
KIRISH
Hozirda bizning oldimizda dunyo mamlakatlarini tarixini mukammal o’rganish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi.
Negaki, biz jahonning integrallashuviga moslashib borishimiz uchun ularning tarixini, ichki siyosati, davlat
boshqaruvi, ijtimoiy siyosati, jumladan ta’lim tizimi kabi masalalarni o’rganmog’imiz davr talabiga aylanib
ulgurdi. Shu boisdan ham bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida dunyo mamlakatlarining siyosiy tarixi,
ichki siyosati, ijtimoiy- siyosiy hayoti hamda boshqa davlatlar bilan o’zaro diplomatik munosabatlari
o’rgatilib kelinmoqda. Shu maqsadda biz ham, Jahon tarixidagi eng yirik davlatlardan biri bo’lgan Buyuk
Britaniya misolida, ushbu davlatning XIX asr ikkinchi yarmidagi ichki siyosatida ijtimoiy siyosatning asosiy
bo’g’inlaridan hisoblangan ta’lim tizimi va unda amalga oshirilgan islohotlarni imkon qadar tahlil qilishga
harakat qilamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy siyosat liberalizm tamoyillariga tayangan,
ijtimoiy hayot bilan uyg‘unlashgan feodal iqtisodiyotdan kapitalistik iqtisodiyotga o'tishning ta’siri sezilarli
ko’zga tashlanadigan siyosat edi
1
. Jahon hamjamiyatining ko‘p asrlik taraqqiyoti shundan dalolat beradiki,
turli tarixiy davrlarda Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlar o‘zining sezilarli salohiyati va qudratiga
tayangan holda dunyoning umumiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan, jahon siyosatidagi vaziyatni belgilab
bergan. XIX asr 60- yillarida Buyuk Britaniya o’z tashqi siyosati tufayli erishgan yutuqlari bilan dunyoning
ko’pgina yirik davlatlari bilan bellasha olar edi, ammo ta’lim tizimi, ilm- fan yutuqlari, shuningdek ichki
siyosat masalalarida ahvol havas qilarli darajada emas edi. Vaqt o’tishi bilan hukumatning o’zi ham tushunib
yetdiki, Britaniya ta’lim tizimi Yevropa davlatlaridan orqada qolayotgan edi. Bu ayniqsa 1867- yilda Parijda
o’tkazilgan Butunjahon ko’rgazmasida yaqqol namoyon bo’ldi. Ushbu ko’rgazmada yetakchilikni qo’lga
kiritgan Germaniya ilm- fan yutuqlari borasida nafaqat Buyuk Britaniyadan, balki Yevropaning ko’pgina
davlatlaridan ilgarilab ketganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu ko’rgazmada taqdim etilgan ko’plab texnologiyalar
birinchi navbatda Germaniya ta’lim tizimining samarali natijasi edi.
2
Ingliz hukumati ham ta’lim tizimini isloh
1
Подольский В.А. Предпосылки формирования социального государства в Великобритании во второй половине XIX –
начале XX вв.// Государственный академический университет гуманитарных наук, Москва, Российская Федерация//
ЛОКУС: люди, общество, культуры, смыслы. 2021. Т. 12. № 3. 71 c.
2
Education in England: a history: Chapter 6 : 1860-1900 A state system of education. Derek Gillard. 2018.
Dostları ilə paylaş: |