International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Hamburg, Germany https: econferencezone.org May 4 th -5 th 2022 88
esa,1860-yillarning o’rtalaridan boshlab bu mablag’ni 600
000 funt sterlinggacha kamaytirish ko’zda tutilgan edi. Ammo, 1870- yildagi “Boshlang’ich ta’lim
to’g’risidagi” qonun qabul qilingandan so’ng, maktabga qatnaydigan bolalar soni oshganligi sababli, bu
harajatlar oshirildi. 1870-yilda “Boshlang’ich ta’lim to’g’risidagi” qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni qabul
qilishdan oldin mamlakatning turli hududlardagi maktab bolalarini to’liq ta’limga qamrabolishni ta’minlash
maqsadida o’rganishlar olib borildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 1869- yil oktabrda Milliy
ta’lim ligasi tashkil etildi. Unga rais etib Jorj Dikson (1820-1898), liberal deputat Jessi Kollings (1831-1920)
kotib va Jozef Chemberlen (1836-1914) vitse-prezident etib tayinlandi
8
. Ushbu liga a’zolari tomonidan turli
kuzatish va o’rganishlar olib borilishi natijasida mamlakatda yashayotgan bolalarning ijtimoiy ahvoli ham
aniqlashtirildi. Liga a’zolari o’rtasida qonun loyihasi muhokamasida turli tortishuvli, munozarali vaziyatlar
ham yuzaga keldi. E’tibor qaratadigan bo’lsak, bu davrda Buyuk Britaniyada boshlang’ich ta’lim havas
qiladigan darajada yaxshi bo’lmagan. Hukumat tomonidan tashkil etilgan komissiyalarda faoliyat olib borgan
hamda tekshiruvlar natijasida o’z takliflarini qonun loyihasiga kiritishga harakat qilgan deputatlar o’rtasida
ham tafovut borligini ko’rish mumkin. Uilyam Foster, Edvard Beyns kabi deputatlar ko’proq o’ziga to’q
qatlam uchun foydali loyihalarni taklif qilgan bo’lsalar, Entoni Mandella esa mamlakatda yashayotgan barcha
bolalar uchun ta’limni majburiy etib belgilash kerakligini, aholi kambag’al qatlamining farzandlarini ham
maktablarga jalb etish lozimligini ta’kidladi. Mamlakatdagi qashshoqliklarga faqat majburiy sifatli ta’lim
bilan barham berish mumkinligini, agarda bu amalga oshmas ekan, London ko’chalarida qashshoqlik
kamaymasligi, jinoyatchi, o’g’ri, kissavur va talonchilar yanada ko’payishini o’z hisobotlarida qayta- qayta
eslatib o’tdi.
XULOSA
XIX asr ikkinchi yarmida Angliya va Uels aholisi deyarli ikki baravar ko'paydi – 1851-yilda 16,8 million
kishini tashkil etgan bo’lsa, 1901- yilga kelib 30,5 millionga yetdi.
9
E’tibor qaratadigan jihat shundaki, asr
boshlarida Buyuk Britaniyada davlat ta’limi yo'q edi: mavjud maktablar ham asosan cherkovlarga tegishli
bo'lib, mamlakatning sinf tuzilishiga mos ravishda rivojlanishiga ruxsat berilgan edi. Solishtirib o’tadigan
bo’lsak, bu vaqtda Amerika Qo’shma Shtatlarida 1830-yillarga kelib, barcha fuqarolar uchun umumiy
ta’limga asoslangan davlat maktablari tizimi yaratila boshlagan edi. Dastlabki vaqtlarda asosan oddiy ishchilar
sinfi ham o’z bolalarini sifatli ta’lim olishini xohlashar edi va bu muammoni hal etish maqsadida bir necha
marta namoyishlarni amalga oshirish holatlari uchrab turgan. Bundan ko’zlangan maqsad ta’limga, xuxusan
maktab ta’limiga davlat nazoratini o’rnatishni ta’minlash bo’lgan. Ammo, o’rta va yuqori sinf tabaqalari
(asosan ruhoniylar) ta’limga davlat nazorati o’rnatilishini xohlashmagan. Agar ta’lim davlat nazoratiga
o’tadigan bo’lsa bu cherkovning ahamiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin edi. Lekin shunga qaramasdan
hukumat miqyosida ta’lim tizimiga davlat nazoratini o’rnatish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Bir qancha
qonun loyihalaridan so’ng majburiy boshlang’ich ta’lim va uning asosiy negizlari to’g’risida qonun qabul
qilinishiga erishildi. Bu o’sha davr ijtimoiy- siyosiy qatlamning tarixiy yutug’ hisoblanadi.