Xix asr ikkinchi yarmida buyuk britaniya ichki



Yüklə 224,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.04.2023
ölçüsü224,26 Kb.
#96285
  1   2   3   4


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
httpseconferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 2022 
86
XIX ASR IKKINCHI YARMIDA BUYUK BRITANIYA ICHKI 
SIYOSATIDA TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN 
ISLOHOTLAR 
 
Rustamov Olamgir Primkulovich 
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix yo’nalishi 2- kurs magistranti 
Ilmiy rahbar: t.f.n. dotsent Maxmudov O.A. 
(90)502 23 35 
olamgir.r@mail.ru 
Annotation: The education system is the main social structure of each state that needs special attention, and 
every government that comes to power seeks to improve this system in its domestic policy. The creation of a 
production system based on new modern technologies based on scientific achievements, which will serve to 
increase the economic potential of the country, is directly related to education. If we look closely, we can see 
that serious attention to education is under the personal control of state leaders. This shows that the education 
system is an important area of social life. In particular, we can see that in the second half of the 19th century 
and the beginning of the 20th century, the governments that came to power in Great Britain also tried to 
implement reforms to improve the education system and its condition. We will try to analyze as much as 
possible the contradictions, debates, discussions and results of the implementation of these reforms. 
Keywords: education, primary education, reform, church education, the Law on Primary Education, trade 
unions, liberals, conservatives, government. 
KIRISH 
Hozirda bizning oldimizda dunyo mamlakatlarini tarixini mukammal o’rganish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi. 
Negaki, biz jahonning integrallashuviga moslashib borishimiz uchun ularning tarixini, ichki siyosati, davlat 
boshqaruvi, ijtimoiy siyosati, jumladan ta’lim tizimi kabi masalalarni o’rganmog’imiz davr talabiga aylanib 
ulgurdi. Shu boisdan ham bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida dunyo mamlakatlarining siyosiy tarixi, 
ichki siyosati, ijtimoiy- siyosiy hayoti hamda boshqa davlatlar bilan o’zaro diplomatik munosabatlari 
o’rgatilib kelinmoqda. Shu maqsadda biz ham, Jahon tarixidagi eng yirik davlatlardan biri bo’lgan Buyuk 
Britaniya misolida, ushbu davlatning XIX asr ikkinchi yarmidagi ichki siyosatida ijtimoiy siyosatning asosiy 
bo’g’inlaridan hisoblangan ta’lim tizimi va unda amalga oshirilgan islohotlarni imkon qadar tahlil qilishga 
harakat qilamiz. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy siyosat liberalizm tamoyillariga tayangan
ijtimoiy hayot bilan uyg‘unlashgan feodal iqtisodiyotdan kapitalistik iqtisodiyotga o'tishning ta’siri sezilarli 
ko’zga tashlanadigan siyosat edi
1
. Jahon hamjamiyatining ko‘p asrlik taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, 
turli tarixiy davrlarda Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlar o‘zining sezilarli salohiyati va qudratiga 
tayangan holda dunyoning umumiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan, jahon siyosatidagi vaziyatni belgilab 
bergan. XIX asr 60- yillarida Buyuk Britaniya o’z tashqi siyosati tufayli erishgan yutuqlari bilan dunyoning 
ko’pgina yirik davlatlari bilan bellasha olar edi, ammo ta’lim tizimi, ilm- fan yutuqlari, shuningdek ichki 
siyosat masalalarida ahvol havas qilarli darajada emas edi. Vaqt o’tishi bilan hukumatning o’zi ham tushunib 
yetdiki, Britaniya ta’lim tizimi Yevropa davlatlaridan orqada qolayotgan edi. Bu ayniqsa 1867- yilda Parijda 
o’tkazilgan Butunjahon ko’rgazmasida yaqqol namoyon bo’ldi. Ushbu ko’rgazmada yetakchilikni qo’lga 
kiritgan Germaniya ilm- fan yutuqlari borasida nafaqat Buyuk Britaniyadan, balki Yevropaning ko’pgina 
davlatlaridan ilgarilab ketganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu ko’rgazmada taqdim etilgan ko’plab texnologiyalar 
birinchi navbatda Germaniya ta’lim tizimining samarali natijasi edi.
2
Ingliz hukumati ham ta’lim tizimini isloh 
1
Подольский В.А. Предпосылки формирования социального государства в Великобритании во второй половине XIX – 
начале XX вв.// Государственный академический университет гуманитарных наук, Москва, Российская Федерация// 
ЛОКУС: люди, общество, культуры, смыслы. 2021. Т. 12. № 3. 71 c. 
2
Education in England: a history: Chapter 6 : 1860-1900 A state system of education. Derek Gillard. 2018.



Yüklə 224,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin