Xix asr ikkinchi yarmida buyuk britaniya ichki


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 224,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.04.2023
ölçüsü224,26 Kb.
#96285
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
httpseconferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 2022 
87
qilish va davlat nazoratini o’rnatish maqsadida islohotlarni amalga oshirishni boshlagan edi. Ushbu ishlar 
davomida 3 ta maxsus ta’lim komissiyasi tashkil etildi:
1. 1858- yilda tashkil etilgan Xalq ta’limi bo’yicha Qirollik komissiyasi;
2. 1861- yilda tashkil etilgan Davlat maktablari bo’yicha Qirollik komissiyasi;
3. 1864- yilda Maktablarni tekshirish va nazorat qilish komissiyasi. Ammo bu tashkil etilgan tashkilotlar sinfiy 
tabaqalanishni yanada kuchaytirdi. 
Liberallar yetakchisi Uilyam Gladston hukumati davrida ta’limni isloh qilish maqsadida bir nechta qonun 
hujjatlari qabul qilindi
3
. Jumladan, 1868- yilda “Davlat maktablari to’g’risida”, 1869- yilda “Cherkov 
maktablari to’g’risida” hamda 1870- yilda “Boshlang’ich ta’lim to’g’risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. 
1870-1902- yillar oralig‘ida amalga oshirilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich ta’lim ham bepul, ham 
majburiy etib belgilandi, davlat boshlang‘ich va o‘rta maktablari tashkil etildi va ta’lim ustidan markaziy 
hukumat nazorati sezilarli darajada oshganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, ayni Gladston hukumati 
tomonidan nafaqat kambag’al oila farzandlarini ta’limga jalb etibgina qolmasdan, sog’ligida muammosi ya’ni 
imkoniyati cheklangan bolalarni ham ta’limga jalb qilishga alohida e’tibor qaratdi
4
. 1870- yilgacha 
boshlang’ich ta’lim asosan Britaniya cherkovi milliy jamiyati va Britaniya va chet el maktablari jamiyati 
tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilingan. Ingliz hukumati bu ikki organga 1833- yildan boshlab 
maxsus grantlar ajratgan va grantlarni taqsimlashni tartibga soluvchi tartiblar har yili maxsus Nizom asosida 
belgilanar edi. 1850-yillarning oxirlariga kelib, cherkovlar barcha bolalar uchun yetarli darajada maktab 
o’rinlarini ta’minlay olmasligi aniq bo’la boshladi, shuning uchun ham 1858-yilda Nyukasl gersogi raisligida 
Angliyada xalq ta’limi holati bo’yicha Qirollik komissiyasi tashkil qilindi. Uning asosiy vazifasi Angliyadagi 
xalq ta’limining ahvolini o’rganish va agar mavjud bo’lsa, odamlarning barcha tabaqalariga asosli va arzon 
boshlang’ich ta’limni kengaytirish uchun qanday choralar ko’rish kerakligini ko’rib chiqish va bu haqda 
hisobotlarni hukumatga taqdim etish edi. Komissiya 1861-yilda olti jildlik hisobotini e’lon qildi.
5
1858- yil 
yozida e’lon qilingan statistik ma’lumotlarda Angliya va Uelsning butun aholisi 19 523 103 kishini tashkil 
etgan. Shundan ismlari maktab kitoblariga yozilishi kerak bo’lgan, ya’ni maktabga borishi kerak bo’lgan 
bolalar soni 2 655 767 nafarni tashkil etgan holda, aslida bu davrda maktablarga jalb qilingan bolalar soni 2 
535 462 ni tashkil etgan. Bundan kelib chiqadiki, 120 305 bola ta’limga jalb etilmasdan qolgan. Jami 2 213 
694 nafar bola kunduzgi maktablarda boshlang’ich ta’lim olgan. Shunday qilib, Angliya va Uelsdagi xalq 
ta’limining holatini ko’rsatadigan oddiy raqamlarga qaraganda, ta’lim oladigan bolalarning butun aholiga 
nisbati, bizning fikrimizcha, kutilgan darajadan yuqori. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki 
boshlang’ich ta’lim majburiy bo’lgan Prussiyada 6,27 %; Gollandiyada 8,11%; Fransiyada u 9,0 % ni tashkil 
etgan holda Angliya va Uelsdabu ko’rsatkich 7,7 % ni tashkil etgan
6
. Komissiya hisobotida shuningdek, 
maktablardagi ta’lim sifati hamda, kambag’al qatlamlarning bolalarini maktabga jalb etish to’g’ri yo’lga 
qo’yilmaganligi ham tanqid qilingan edi. Chunki bu davrda nisbatan o’ziga to’q oilalarning bolalari 
maktablarga faol jalb qilingan, kambag’al oilalarning bolalari tirikchilik uchun mehnat qilishga majbur 
bo’lgan. Ishchilar manfaatini himoya qiluvchi tashkilotlar esa sekin- asta yosh bolalarning mehnat qilishini 
taqiqlashni ko’zda tutuvchi qonunlarni qabul qilish talabi bilan hukumatga murojaat qilishni boshladi. 
Hukumat ham bolalarni mehnat qilishdan saqlab turuvchi vosita sifatida boshlang’ich maktablar tizimini isloh 
qilish hamda bolalarni maktablarga jalb qilishni tizimlashtirish masalasini kun tartibiga chiqardi. 1862- yilda 
boshlang’ich maktablar faoliyatini yaxshilash maqsadida maxsus Kodeks qabul qilindi
7
. Shu o’rinda ta’lim 
tizimini isloh qilish hamda undan ko’zlangan yuqori natijalarga erishish uchun bu sohaga yetarlicha mablag’ 
ajratilishi ham maqsadga muvofiq. Hukumat tomonidan ta’limga sarflangan harajatlar 1848-yilda 125 000 
funt sterling bo’lgan bo’lsa, 1861-yilda 800 000 funt sterlinggacha ko’tarildi. Kodeksda qabul qilingan qarorda 
3
Uilyam Yuart Gladston Buyuk Britaniyaning 1868- 1874- yillardagi 41- , 1880- 1885- yillarda 43-, 1886- yil fevral- avgustda 45-
, 1892- 1894- yillarda 47- bosh vaziri. Angliyaning Liverpul shahrida, kelib chiqishi shotland bo’lgan oilada tug’ilgan.
4
Архипова Л. В. Становление образования детей с ограниченными возможностями в Великобритании в XIX в.//
Ярославский педагогический вестник – 2012 – № 4 – Том I (Гуманитарные науки) 80- c. 
5
Education in England: a history: Chapter 6 : 1860-1900 A state system of education. Derek Gillard. 2018.
6
Education in England: a history: Chapter 6 : 1860-1900 A state system of education. Derek Gillard. 2018.
7
Ushbu kodeks “Qayta ko’rib chiqilgan kodeks” yoki “Lou kodeksi” deb ataladi. Ta’lim bo’yicha Kengash qo’mitasi vitse- 
prezidenti Robert Lou (1811-1892) sharafiga shunday nomlangan. 



Yüklə 224,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin