Xix asr ikkinchi yarmida buyuk britaniya ichki


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 224,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.04.2023
ölçüsü224,26 Kb.
#96285
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
httpseconferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 2022 
88
esa,1860-yillarning o’rtalaridan boshlab bu mablag’ni 600 
000 funt sterlinggacha kamaytirish ko’zda tutilgan edi. Ammo, 1870- yildagi “Boshlang’ich ta’lim 
to’g’risidagi” qonun qabul qilingandan so’ng, maktabga qatnaydigan bolalar soni oshganligi sababli, bu 
harajatlar oshirildi. 1870-yilda “Boshlang’ich ta’lim to’g’risidagi” qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni qabul 
qilishdan oldin mamlakatning turli hududlardagi maktab bolalarini to’liq ta’limga qamrabolishni ta’minlash 
maqsadida o’rganishlar olib borildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 1869- yil oktabrda Milliy 
ta’lim ligasi tashkil etildi. Unga rais etib Jorj Dikson (1820-1898), liberal deputat Jessi Kollings (1831-1920) 
kotib va Jozef Chemberlen (1836-1914) vitse-prezident etib tayinlandi
8
. Ushbu liga a’zolari tomonidan turli 
kuzatish va o’rganishlar olib borilishi natijasida mamlakatda yashayotgan bolalarning ijtimoiy ahvoli ham 
aniqlashtirildi. Liga a’zolari o’rtasida qonun loyihasi muhokamasida turli tortishuvli, munozarali vaziyatlar 
ham yuzaga keldi. E’tibor qaratadigan bo’lsak, bu davrda Buyuk Britaniyada boshlang’ich ta’lim havas 
qiladigan darajada yaxshi bo’lmagan. Hukumat tomonidan tashkil etilgan komissiyalarda faoliyat olib borgan 
hamda tekshiruvlar natijasida o’z takliflarini qonun loyihasiga kiritishga harakat qilgan deputatlar o’rtasida 
ham tafovut borligini ko’rish mumkin. Uilyam Foster, Edvard Beyns kabi deputatlar ko’proq o’ziga to’q 
qatlam uchun foydali loyihalarni taklif qilgan bo’lsalar, Entoni Mandella esa mamlakatda yashayotgan barcha 
bolalar uchun ta’limni majburiy etib belgilash kerakligini, aholi kambag’al qatlamining farzandlarini ham 
maktablarga jalb etish lozimligini ta’kidladi. Mamlakatdagi qashshoqliklarga faqat majburiy sifatli ta’lim 
bilan barham berish mumkinligini, agarda bu amalga oshmas ekan, London ko’chalarida qashshoqlik 
kamaymasligi, jinoyatchi, o’g’ri, kissavur va talonchilar yanada ko’payishini o’z hisobotlarida qayta- qayta 
eslatib o’tdi. 
XULOSA 
XIX asr ikkinchi yarmida Angliya va Uels aholisi deyarli ikki baravar ko'paydi – 1851-yilda 16,8 million 
kishini tashkil etgan bo’lsa, 1901- yilga kelib 30,5 millionga yetdi.
9
E’tibor qaratadigan jihat shundaki, asr 
boshlarida Buyuk Britaniyada davlat ta’limi yo'q edi: mavjud maktablar ham asosan cherkovlarga tegishli 
bo'lib, mamlakatning sinf tuzilishiga mos ravishda rivojlanishiga ruxsat berilgan edi. Solishtirib o’tadigan 
bo’lsak, bu vaqtda Amerika Qo’shma Shtatlarida 1830-yillarga kelib, barcha fuqarolar uchun umumiy 
ta’limga asoslangan davlat maktablari tizimi yaratila boshlagan edi. Dastlabki vaqtlarda asosan oddiy ishchilar 
sinfi ham o’z bolalarini sifatli ta’lim olishini xohlashar edi va bu muammoni hal etish maqsadida bir necha 
marta namoyishlarni amalga oshirish holatlari uchrab turgan. Bundan ko’zlangan maqsad ta’limga, xuxusan 
maktab ta’limiga davlat nazoratini o’rnatishni ta’minlash bo’lgan. Ammo, o’rta va yuqori sinf tabaqalari 
(asosan ruhoniylar) ta’limga davlat nazorati o’rnatilishini xohlashmagan. Agar ta’lim davlat nazoratiga 
o’tadigan bo’lsa bu cherkovning ahamiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin edi. Lekin shunga qaramasdan 
hukumat miqyosida ta’lim tizimiga davlat nazoratini o’rnatish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Bir qancha 
qonun loyihalaridan so’ng majburiy boshlang’ich ta’lim va uning asosiy negizlari to’g’risida qonun qabul 
qilinishiga erishildi. Bu o’sha davr ijtimoiy- siyosiy qatlamning tarixiy yutug’ hisoblanadi. 

Yüklə 224,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin