2022 № 3 819
- sezgi organlarining sezuvchanligini oshirish, reaksiyalarning tezligi va aniqligi, xatti-
harakatining kuchi koordinatsiyasi va barqarorligi;
- jang vaqtida vaqtni va masofani, ob’ektlarning o‘lchamlarini, harakat tezligini to‘g‘ri
baholash qobiliyatini rivojlantirish;
- jang vaqtida xotira samaradorligini saqlab qolish, esga olishning tezligi, esda saqlash va
aniq esga olish, operativ xotira mavjudligi.
TADQIQOT NATIJASI Bularning hammasiga jangovar sharoitlarga yaqin sharoitlarda o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tkazish yuli bilan erishish mumkin. Zamonaviy urushlar insonning nafaqat bilish jarayonlariga,
balki, uning hissiyot va irodasiga ham yuksak talablar qo‘yadi. Xavf-xatar urushning ajralmas
xususiyati hisoblanadi. Ma’lumki, insonning xavf-xatarni bevosita idrok qilishi qiyin va u buni
xayol vositasida biladi. Insondagi xavfli vaziyatlarda ham ruhiy barqarorlikni yo‘qotmaslik va
samarali faoliyat yur ta olish layoqatiga emotsional-irodaviy barqarorlik, deyiladi. Emotsional-
irodaviy barqarorlik shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning muhim vazifalaridan biri. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, harbiy xizmatchilarda sovuqqonlikni, barqarorlikni va
qo‘rqishni enga olish mahoratini tarbiyalash jangovar vazifalar ichida eng mas’uliyatlisi,
psixologik jihatdan esa eng murakkabi hisoblanadi.
Psixologik tayyorgarlik axloqiy-siyosiy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik doirasida
amalga oshiriladi. Psixologik tayyorgarlik – bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni
bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror
ijobiy motivlarini yaratishdan iborat bo‘lgan hodisa. Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni
psixologik tayyorlashning 3 xil turi mavjud: maxsus; umumiy; maqsadli.
Psixologik tayyorgarlikning maxsus turida harbiy xizmatchilarda jangovar holatlarga
nisbatan tayyorgarlik hosil
qilinadi, ularda barqarorlik shakllantiriladi.
Psixologik
tayyorgarlikning umumiy turida esa harbiy xizmatchilarda Vatan himoyasiga ongli ravishda
tayyor turish shakllantiriladi. O‘quv mashg‘ulotlarida qiyin va xavfli vaziyatlarni hosil qilish
bilan harbiy xizmatchilarda qo‘rqishni irodaviy engish ko‘nikmalari maqsadli psixologik
tayyorgarlik jarayonida hosil qilinadi.