2022 № 3 818
shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli Kuchlar axloqiy ruhining psixologik tomoni
shaxsiy tarkibdagi axloqiy-siyosiy va jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari harbiy xizmatchilardagi psixologik xususiyatlar, psixik jarayonlar, holatlar,
munosabatlar, shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik tomonini tashkil
qiladi. Masalan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30ta psixologik va psixofiziologik
sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ulardan qaror qabul qilishdagi mustaqillik va tezkorlik, idrok va
diqqat qobiliyatining yorqin namoyon bo‘lishi, yaxshi fazoviy tasavvur va operativ xotira,
sensomotor va aqliy ko‘nikmalarni tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional irodaviy
barqarorlik va hokazo. Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va
urush talablari bilan bog‘liq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi priborlar soni 10 martaga,
samolyotni boshqarish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt esa 6-
7 martaga qisqardi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI Harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixologik sifatlarsiz ham tasavvur qilib bo‘lmaydi:
- harakatlarning yuksak darajadagi uyg‘unligi va ijtimoiy-psixologik jipslik;
- jangovar birodarlik va o‘rtoqliq hissi;
- g‘alabaga erishish yo‘lida fikrlar va intilishlarni birlashtira olish;
- hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot bilan tura olish;
- jamoada ko‘pchilikning ozchilikning fikrlariga nisbatan bag‘rikengligi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, harbiy jamoa psixologiyasi
individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalar yig‘indisidan iborat. Qurolli Kuchlarda
olib boriladigan axloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas
jarayonlardir. Ushbu jarayonda axloqiy-siyosiy va jangovar tayyorgarlik yetakchi hisoblanadi.
Psixologik tayyorgarlik esa ikkala jarayonda shaklantiriladi ya’ni, alohida psixologik
tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy qirg‘in qurollariga
ega, jumladan, bizning hududimizga yaqin joylashgan Rossiya, Hindiston va Pokiston davlatlari
ham yadroviy qurollarga ega, Ommaviy qirgin qurollarining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli
yoki bevosita harakatga solish harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator psixologik
holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi:
- ruhiy zo‘riqish;
- ruhiy holatning izdan chiqishi;
- hatti-harakatlarni boshqara olmaslik;
- vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘yish;
-xotira va tafakkurning zaiflashuvi.
Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani boshqarayotgan
harbiy xizmatchining kasbiy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi mumkin. Agar zamonaviy
harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishtiroki inson imkoniyatlarini bir necha marotaba
oshirishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning ham ko‘lami shunga mos
ravishda kattalashadi. Shunday qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak,
psixologik tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xizmatchi psixikasining funksional
ishonchliligini oshirishdan iborat.
Psixikaning funksional ishonchliligi quyidagilar hisobiga oshadi:
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL