Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#96310
1   2   3   4   5
bo-lajak-harbiy-xizmatchilarda-psixologik-tayyorgarlikning-o-ziga-xos-jihatlari

2022 
№ 3
818 
shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli Kuchlar axloqiy ruhining psixologik tomoni 
shaxsiy tarkibdagi axloqiy-siyosiy va jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. 
Bundan tashqari harbiy xizmatchilardagi psixologik xususiyatlar, psixik jarayonlar, holatlar, 
munosabatlar, shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik tomonini tashkil 
qiladi. Masalan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30ta psixologik va psixofiziologik 
sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ulardan qaror qabul qilishdagi mustaqillik va tezkorlik, idrok va 
diqqat qobiliyatining yorqin namoyon bo‘lishi, yaxshi fazoviy tasavvur va operativ xotira, 
sensomotor va aqliy ko‘nikmalarni tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional irodaviy 
barqarorlik va hokazo. Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va 
urush talablari bilan bog‘liq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi priborlar soni 10 martaga, 
samolyotni boshqarish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt esa 6-
7 martaga qisqardi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI 
Harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixologik sifatlarsiz ham tasavvur qilib bo‘lmaydi: 
- harakatlarning yuksak darajadagi uyg‘unligi va ijtimoiy-psixologik jipslik
- jangovar birodarlik va o‘rtoqliq hissi; 
- g‘alabaga erishish yo‘lida fikrlar va intilishlarni birlashtira olish; 
- hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot bilan tura olish; 
- jamoada ko‘pchilikning ozchilikning fikrlariga nisbatan bag‘rikengligi. 
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, harbiy jamoa psixologiyasi 
individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalar yig‘indisidan iborat. Qurolli Kuchlarda 
olib boriladigan axloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas 
jarayonlardir. Ushbu jarayonda axloqiy-siyosiy va jangovar tayyorgarlik yetakchi hisoblanadi. 
Psixologik tayyorgarlik esa ikkala jarayonda shaklantiriladi ya’ni, alohida psixologik 
tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. 
Ma’lumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy qirg‘in qurollariga 
ega, jumladan, bizning hududimizga yaqin joylashgan Rossiya, Hindiston va Pokiston davlatlari 
ham yadroviy qurollarga ega, Ommaviy qirgin qurollarining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli 
yoki bevosita harakatga solish harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator psixologik 
holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi: 
- ruhiy zo‘riqish; 
- ruhiy holatning izdan chiqishi; 
- hatti-harakatlarni boshqara olmaslik
- vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘yish; 
-xotira va tafakkurning zaiflashuvi. 
Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani boshqarayotgan 
harbiy xizmatchining kasbiy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi mumkin. Agar zamonaviy 
harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishtiroki inson imkoniyatlarini bir necha marotaba 
oshirishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning ham ko‘lami shunga mos 
ravishda kattalashadi. Shunday qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
psixologik tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xizmatchi psixikasining funksional 
ishonchliligini oshirishdan iborat. 
Psixikaning funksional ishonchliligi quyidagilar hisobiga oshadi: 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin