Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#96310
1   2   3   4   5
bo-lajak-harbiy-xizmatchilarda-psixologik-tayyorgarlikning-o-ziga-xos-jihatlari

MUHOKAMA 
Ta’lim va tarbiya sharoitlarini jangovar faoliyat sharoitlariga yaqinlashtirish jangchini 
ruhiy tomondan jangga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Albatda, haqiqiy 
jangovar vaziyat faqat jangu jadalar vaqtidagina bo‘ladi. O‘quv-jangovar faoliyat jarayonida esa 
biz jangovar sharoit modelini yoki uning alohida qismlarini yaratishimiz va shu orqali shaxsiy 
tarkib yoki bo‘linmaning psixologik tayyorgarligini ta’minlashimiz mumkin.Psixologik 
tayyorgarlik jarayonida jangovar faoliyatni takomillashtirish maqsadida har xil jang, urush 
vaziyatlari yaratilishi lozim. Yaratilayotgan sun’iy vaziyatlar o‘zining psixologik tarkibiga ko‘ra 
jangovar holatga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘quv-jangovar faoliyat jangovarlikka shunchalik 
yaqinlashib boradi. Bu narsa shundan dalolat beradiki, o‘quv-jangovar faoliyatni amalga 
oshirayotgan harbiy xizmatchidagi motiv, maqsad va harakatlar haqiqiy jangovar vaziyatlardagi 
xuddi shunday psixologik elementlar bilan imkoni boricha ko‘proq o‘xshash bo‘lishi lozim. 
Tabiiyki, o‘quv-jangovar faoliyat o‘zining emotsional tomonlari bilan ham jangovar faoliyatga 
o‘xshash bo‘lishi talab etiladi. Mashqlar paytida jangovar shart-sharoitlarni sun’iy yaratganda 
jangovar faoliyat modelini hosil qilish psixologik jihatdan muhim omil hisoblanadi. Jangda 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 3
820 
psixologik omillarni modellashtirish, deganda shunday vaziyatni yaratish usulini tushunamizki
uning vositasida harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang sharoitida tug‘iladigan ruhiy holatlar hosil 
qilinadi. 
Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida jangning psixologik omillarini 
modellashtirish o‘xshashlik tamoyili asosida, shuningdek, boshqa usullar vositasida amalga 
oshiriladi. 
Mashg‘ulotlarda jangning psixologik omillarini modellashtirish ikki xil shaklda amalga 
oshiriladi: 
- jangning psixologik tashkil qiluvchilarining to‘liq modelini yaratish; 
- jangning psixologik tashkil qiluvchilarining bitta yoki bir nechtasining modelini yaratish. 
O‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirganda nafaqat uning taktik tomonlarini yoki o‘quv 
savollarini, balki, psixologik rejani ham aniqlashtirib olish kerak. 
Psixologik reja quyidagilarni o‘z ichga oladi: 
- mashg‘ulot qaerda o‘tkaziladi; 
- harbiy xizmatchilarda qiyinchiliklarni engib o‘tish uchun kerak bo‘ladigan qat’iylik, 
jasurlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni hosil qilish yo‘llari. 
XULOSA 
Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, komandirlar 
imitatsiya vositalari yordamida jangning tashqi shart-sharoitlarini yaratish bilan jangchilarning 
psixologik tayyorgarligini amalga oshirish harakat qilishadi. Biroq bu kabi usullarning o‘zi 
yetarli emas. Psixologik tayyorgarlik nafaqat amaliy tajribalarga balki ta’lim va tarbiya usullari 
va vositalariga ham tayanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin