Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#96310
1   2   3   4   5
bo-lajak-harbiy-xizmatchilarda-psixologik-tayyorgarlikning-o-ziga-xos-jihatlari

2022 
№ 3
819 
- sezgi organlarining sezuvchanligini oshirish, reaksiyalarning tezligi va aniqligi, xatti-
harakatining kuchi koordinatsiyasi va barqarorligi; 
- jang vaqtida vaqtni va masofani, ob’ektlarning o‘lchamlarini, harakat tezligini to‘g‘ri 
baholash qobiliyatini rivojlantirish; 
- jang vaqtida xotira samaradorligini saqlab qolish, esga olishning tezligi, esda saqlash va 
aniq esga olish, operativ xotira mavjudligi. 
TADQIQOT NATIJASI 
Bularning hammasiga jangovar sharoitlarga yaqin sharoitlarda o‘quv mashg‘ulotlarini 
o‘tkazish yuli bilan erishish mumkin. Zamonaviy urushlar insonning nafaqat bilish jarayonlariga, 
balki, uning hissiyot va irodasiga ham yuksak talablar qo‘yadi. Xavf-xatar urushning ajralmas 
xususiyati hisoblanadi. Ma’lumki, insonning xavf-xatarni bevosita idrok qilishi qiyin va u buni 
xayol vositasida biladi. Insondagi xavfli vaziyatlarda ham ruhiy barqarorlikni yo‘qotmaslik va 
samarali faoliyat yur ta olish layoqatiga emotsional-irodaviy barqarorlik, deyiladi. Emotsional-
irodaviy barqarorlik shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning muhim vazifalaridan biri. Shuni 
alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, harbiy xizmatchilarda sovuqqonlikni, barqarorlikni va 
qo‘rqishni enga olish mahoratini tarbiyalash jangovar vazifalar ichida eng mas’uliyatlisi, 
psixologik jihatdan esa eng murakkabi hisoblanadi. 
Psixologik tayyorgarlik axloqiy-siyosiy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik doirasida 
amalga oshiriladi. Psixologik tayyorgarlik – bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni 
bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror 
ijobiy motivlarini yaratishdan iborat bo‘lgan hodisa. Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni 
psixologik tayyorlashning 3 xil turi mavjud: maxsus; umumiy; maqsadli. 
Psixologik tayyorgarlikning maxsus turida harbiy xizmatchilarda jangovar holatlarga 
nisbatan tayyorgarlik hosil 
qilinadi, ularda barqarorlik shakllantiriladi. 
Psixologik 
tayyorgarlikning umumiy turida esa harbiy xizmatchilarda Vatan himoyasiga ongli ravishda 
tayyor turish shakllantiriladi. O‘quv mashg‘ulotlarida qiyin va xavfli vaziyatlarni hosil qilish 
bilan harbiy xizmatchilarda qo‘rqishni irodaviy engish ko‘nikmalari maqsadli psixologik 
tayyorgarlik jarayonida hosil qilinadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin