O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Avtomatlashganlik tamoyili



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Avtomatlashganlik tamoyili.Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonlarining 
operatsiyalarini maksimal avtomatik ravishda, ya’ni ishchilarning bevosita 
qatnashmasligi yoki ularning nazorati ostida bajarilishini talab etadi. Ishlab 
chiqarish jarayonining ayrim operatsiyalarini yuqori darajada avtomatlashtirish 
ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishning dastlabki asosiy sharti bo‘lib, 
avtomatik potok liniyalarini yaratishga qadar amalga oshirilishi lozim. Bu tamoyil 
faqat texnologik jarayonlarda qo‘llanilmay, balki ularni texnikaviy tayyorlash, 
nazorat qilish, tartibga solish, xizmat ko‘rsatish kabi ishlarni bajarishda ham keng 
qo‘llaniladi. 
Sinxronlash tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash faqat uzluksiz 
ishlab chiqarish hamda ko‘proq avtomatik ishlab chiqarishning xarakterli 
xususiyatidar. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash deganda quyidagilar 
tushuniladi: 


47 

operatsiyalarni bajarishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt)ning teng bo‘lishi; 

mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo transportirovka qilish 
uchunketgan vaqt sarfining teng bo‘lishi; 

ish joyiga xizmat ko‘rsatish va ishchilarning dam olishi bo‘yicha operativ 
ishlardagi tanaffuslarning tengligi; 

mehnat buyumlarining potokdagi harakatini tashkil etish paytida operatsiyalar 
tugashi bilan ularni transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga 
mos kelishi. 
Ushbu to‘rt shartdan hatto bittasiga rioya qilinmasa ham ishlab chiqarish 
jarayoni ozmi-ko‘pmi sinxronlashmaydi. 
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish masalasining qo‘yilishi va yechimi 
umumiy holda bitta hisob doirasida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashga olib keladi: 

yangi korxonalarning joylashishi;

korxonani ixtisoslashtirish va yiriklashtirish ko‘rsatkichlari; 

tarmoqning rivojlanish sur’ati, shu tarmoq mahsuloti bilan milliyiqtisodiyot 
talabini qondirish darajasi, xom ashyo, materiallar, butlovchi va tayyor buyumlar 
yetkazib beruvchi hamkorlashgan bog’lanishlar sxemasi; 

tarmoqning umumxo‘jalik resurslariga bo‘lgan ehtiyoj hajmi, shu tarmoq 
uchun xususiy resurs ehtiyojlari hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar. 
Energetika korxonasi ixtisoslashgan korxona hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi. 
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb, ishlab chiqarish jarayonining turli 
bosqichlarida xalq xo‘jaligining turli tarmoqli korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek 
tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllariga aytiladi. U 
korxonalarda muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni bir yerga to‘plashni 
ko‘zda tutadi. 
Ixtisoslashtirishning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tarmoq va korxona 
bo‘yicha ixtisoslashtirish; korxona ichida ixtisoslashish; tarmoq bo‘yicha 
ixtisoslashish, bunda korxona yoki bo‘limlar shu tarmoqning o‘ziga taalluqli bo‘lgan 


48 
tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z mahsulotining ma’lum 
chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.Korxona ichida 
ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi mahsulotni 
ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan 
bo‘ladi. 
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi: 

buyum jihatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil 
bo‘lgan cheklangan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Masalan: traktorlar
avtomobillar, dastgohlar va h.k.; 

detal jihatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor mahsulotning ayrim 
qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar, tishli
g’ildirak va h.k.; 

texnologik jihatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning 
alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: detal quyish, shtamplash va h.k.; 

yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat quyish, 
temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi. 
Buyum jihatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarqalgan shaklidir. 
Ishlab chiqarish hamkorligi, uning turlari va iqtisodiy samaradorligi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin