O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

1.2. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik 
shaklining boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan 
muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Korxonalarning 
tashkiliy-huquqiy 
shakllari 
bu 
bozorda 
korxonalar 
faoliyatining huquqiy shartlari. Huquqiy shakllarning xilma-xilligi tadbirkorlik 
faoliyati uchun kapitalni jalb qilish usullarini diversifikatsiya qilish, shuningdek 
korxonalarni har xil javobgarlik shakllaridan himoya qilish, shuningdek
bajarilayotgan ishlarning xavfliligiga, raqobat darajasiga, bozorga kirish taktikasiga 
qarab bozorda turli xil harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda 
tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning 
shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi 
raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq 
bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning 
tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 



Xozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, 
xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk 
tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi. 
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, 
bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi 
tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini 
amalga oshirishga ko‘maklashadi. 
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular 
ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil 
qilinishi mumkin. 
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik 
faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin