11
Konsorso’m- (shirkat, uyushma)- korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan
birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat,
banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar ishtirok etadi.
Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik
yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi
va unda birlashuvga
kiruvchi sub’ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish
maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub’ekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi
shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik)
jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi.
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va
moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab
chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar,
tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga
asoslanib faoliyat yuritadi.
Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda
kooperatsiya asosida birlashadilar.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta’minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi)
hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir.
Sindikat tarkibiga kiruvchi
korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini
yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini
birlashtirish va
muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor
ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: