O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


 Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

12.2 Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari 
Davlatning ta’sir etish usullari. Davlatning korxonalar innovatsion 
faoliyatiga ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilvosita) usullari 


142 
orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni 
rivojlantirishga karatilgan qonuniy asosga tayangan bo‘ladi. Bu standartlash va 
patent siyosatini xuquqiy me’yorlashdir. Bular xammasi xo‘jalik sub’ektlari 
faoliyatida yangiliklarga monopoliyani saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar 
mahsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri 
iqtisodiy usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar mahsulotlarini ishlab chiqishda 
motivatsiya omiliga tayanadi. 
Bevosita iqtisodiy usullar. Ularga kuyidagilar kiradi: moliyalashtirishga 
yo‘naltirilgan investitsiya (maqsadli, predmetli mo‘ljalga, muammo echimini 
topishga yo‘naltirilgan); lizing; fond operatsiyalari; rejalashtirish va dasturlash
davlat tadbirkorligi. 
Bilvosita iqtisodiy usullar. Davlatning innovatsion siyosatidagi iqtisodiy 
usullari asosan bilvosita iqtisodiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bunga 
innovatsion resurslarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish va ularning tarkibi va baxosi, 
innovatsion xavf-xatarni yumshatish okibatlari kiradi. Eng ko‘prok ko‘llaniladigan 
usullar kredit va solik siyosati xisoblanadi. Kredit siyosati yangiliklarni 
moliyalashtirishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar xajmini tartibga soladi. 
Innovation so‘zi inglizcha bo‘lib, yangilikning kiritilishi degan ma’noni 
anglatadi. 
Iqtisodiy 
adabiyotlarda 
I.A.SHumpeter 
tomonidan 
berilgan 
konsepsiyasiga asoslanadi: 

innovatsiya – uning tadbirkorlik faoliyatida ilk bor qo‘llanilish; 

diffuziya – innovatsiyaning keng tarqalishi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin