140
shakllantiradi. SHu tariqa mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltiradi.
Diyorimizda sanoat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish yuqori innovatsion tarkibiy
qismlarga ega ishlab chiqarishlar va mahsulotlar salmog‘ini ko‘paytirish maqsadini
ko‘zlaydi. Rivojlanishning bu yo‘nalishi jadal o‘sish hamda sanoat mahsulotlari va
xizmatlari raqobatbardoshligini ta’minlashning mustahkam negizini tashkil qiladi.
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “
INNOVATION” so‘zidan
olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. YAngilikni
bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim.
YAngilikning
paydo bo‘lishi va uni xayotga tatbiq etilishi oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi
deb ataladi. Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar,
yangilik kiritish, innovatsiya
tushunchalarini o‘xshatish ko‘p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi
voqealar xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish)
o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi.
YAngiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy mahsuloti bo‘lib,
intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi.
Unga avtorlik va shunga o‘xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro,
respublika,
korperativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar ta’sir doirasida bo‘ladi) taalluqlidir.
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik
iqtisodchi Y.A.SHumpeter hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha ko‘ra aynan ushbu
olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.SHumpeter
ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya,
ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi
bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar
manbai innovatsiya hisoblanadi.
Y.A.SHumpeter birinchilardan bo‘lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish omillari
sifatida “yangi kombinatsiya” tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini berdi.
Unga
quyidagilar kiradi:
iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan moddiy ne’matni yaratish yoki yangi u
yoki bu ne’matni ishlab chiqish;
141
tegishli tarmoqga yangi hali ma’lum bo‘lmagan ishlab chiqarish usulini joriy
etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan tovar
tashkil etadi);
bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat’iy
nazar tegishli
tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o‘zlashtirish;
yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba oldin
ma’lum bo‘lishi yoki uni yaratish imkoni bo‘lishidan qat’iy nazar);
boshqa korxonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun korxonani
tarkibiy qayta tuzish.
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot
(ITT), ya’ni
minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi
manbalarini topishga yo‘naltirilgan innovatsion to‘xtovsiz jarayon hisoblanadi.
Korxonaning barqaror rivojlanishi va strategik faoliyati innovatsiyaga
qaratilmog‘i lozim. Aks holda korxona nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda
ham o‘zining raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qola olmaydi.
YAngilik to‘g‘risidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va yaratilishi hayotga tadbiq
etilib
keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan
ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni
deb ataladi.
Mahsulot sifatining kompleks tizimini boshqarish metodologiyasi, mahsulot
hayot davrining bosqichini tavsiya etadi:
tadqiqot va ishlab chiqarish;
tayyorlash;
muomalaga
chiqarish va sotish;
ekspluatatsiya qilish va istemol.
Dostları ilə paylaş: