O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

11.5.Iqtisodiy samaradorlik
Samaradorlik – muhim o‘lchov birlikdir. 
Q
MX
m



130 
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi 
xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, 
bo’yumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi 
munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish 
quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir. 
Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning 
foyda va daromad xajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy 
natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy 
samarani ifodalanadi. 
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish 
uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va 
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu 
natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan takkoslash kerak. 
Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun 
sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona 
o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda 
samaradorlikdan kelib chiqadi. 
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud. 
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. 
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish - boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani 
joriy etish, mehnat sifatini oshirish va xokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara 
material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin