129
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material
sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat
predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga nisbati
orqali aniqlanadi.
,
bu erda
m- mahsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- mahsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari quyidagilar: mahsulotning mehnat sig‘imi,
material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond kaytimini oshirish, tabiiy
resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni
rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak.
Bu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning
texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va
xududiy joylashtirish darajasini oshirish;
inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;
xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan
foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: