O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


 Korxona investitsiyalarining manbalari



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari.
Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bolgan sobiq 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat 
(byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda xam jamgarma 
fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) xisobiga 
amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni kaerdan olish va kaerga 
joylashtirish to‘grisida "boshi" og‘rimas edi. Ko‘shimcha manba sifatida 
korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat qilardi. 
Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) xozirgi 
kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘kotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai 
xisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai 
kuyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, ko‘shma korxonalar 
uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari. 
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini 
aniqlashning ichki va tashki turlaridan xam foydalaniladi. 


126 
Investitsiyalarning ichki manabalari kuyidagilar: 

ishlab turgan asosiy kapitalga xisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari 
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari; 

foydaning investitsiya extiyojlariga ajratiluvchi qismi; 

sug‘urta Korxonalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa 
xodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar; 

korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar; 

yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida 
ajratiluvchi mablag‘lar; 

xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. 
Investitsiyalarning tashki manbalari kuyidagilar: 

markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlovchi turli xil 
fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar; 

korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va 
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida 
shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy 
investitsiyalar; 

davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi 
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin