168
institutsional asoslarini takomillashtirish, tarif siyosatini amalga oshirishning aniq
bozor mexanizmlarini ishlab chiqish va shu asosda sog'lom
raqobat muhiti
tamoyillarini ilgari surish.
3. Ichki iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ishonchli ta'minlash va gaz eksporti
hajmini kengaytirish maqsadida gazni tashish tizimini rekonstruktsiya qilish va
modernizatsiya qilish.
4. Gazni chiqarish uchun yoqilg'i-energetika kompleksining ishlab chiqarish
tarkibini diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish sanoat qayta ishlash uchun.
5. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda
sanoat va maishiy
chiqindilarni ishlatish texnologiyalarini ishlab chiqish yoqilg'i-energetika
resurslarining xom ashyo bazasini diversifikatsiyalash, zararli chiqindilarni
kamaytirish va qimmatroq yoqilg'i sarfini kamaytirishning samarali usuli bo'lishi
mumkin. Ushbu tendentsiyaning rivojlanishi "Chiqindilar to'g'risida" gi O'zbekiston
Respublikasi Qonunining amalda bajarilishini ta'minlaydi.
14.3 O’zbekiston Respublikasi energetuka tarmog’ining holati
2020 – 2030 yillarda O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika ta'minoti strategiyasini va
2019 – 2021 yillarda elektr energetikasini kompleks raqamlashtirish dasturini ishlab
chiqish boshlangan bo‘lib, unda korxonalar resurslarini rejalashtirishni
avtomatlashtirish (ERP) va dispetcherlik nazorati va ma'lumotlarni yig‘ish
(SCADA) jarayonlari ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda elektr energetika sohasini rivojlantirishning
asosiy ustuvor
masalalaridan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilgan holda issiqlik
elektr stansiyalari (IES), atom energetikasi, qayta tiklanadigan energiya manbalari
(QTEM) kabi sohalarda ishlab chiqarish ob'ektlarini rivojlantirish hisoblanadi.
Mamlakatda yana bir muhim loyiha - "Elektr energiyasini hisobga olish va
nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish" jadal sur'atlar
bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020 yil oxiriga qadar 7 milliondan ortiq
iste'molchi hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi.
169
Shunga ko‘ra, 2020 yil 15 may holatiga respublika bo‘yicha 3 million 320dan ortiq
zamonaviy elektr hisoblagichlari o‘rnatildi.
Yaqinda
qabul qilingan qonunga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik (DXSh)
shartlari asosida bir qator investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar
olib borilyapti.
Energetika vazirligi, shuningdek energiya tejashni doimiy ravishda
rag‘batlantirishga, tegishli texnologiyalarni joriy etishga
va energiya tejashning
ahamiyati to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.
"O‘zenergoinspeksiya" mutaxassislarining fikricha, bugungi kunda har bir uyda
yiliga o‘rtacha 400 kVt/soat elektr energiyasini tejash imkoniyati mavjud. Agar har
bir oila 400 kVt elektr quvvatini tejasa, u holda respublika bo‘yicha tejalgan elektr
quvvati miqdori 1,8 mlrd. kVt soatni tashkil qiladi. Shu tarzda tejalgan elektr
energiyasi, masalan, Jizzax yoki Sirdaryo viloyatlarini yil davomida elektr
energiyasi bilan ta'minlashga yetadi.
Dostları ilə paylaş: