Ijobiy.
1. Ish joyining ijtimoiy qadrining ko‗tarilishi.
2. Bo‗sh vaqtning ko‗payishi.
3. Ish joyini tanlash tanlash erkinligining oshishi.
4. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va qadrining oshishi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.
Salbiy.
1.O‗qitish natijalarini qadrini tushirishi.
2.Ishlab chiqarishni qisqarishi.
3.Ishsizlarga yordam xarajatlari.
261
4.Malakaning yo‗qolishi.
5.Hayot darajasining pasayishi.
6. Milliy daromadni yaratmaslik.
7. Soliq tushumlarining kamayishi.
Ijobiy
1.Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish uchun ishchi kuchi zaxirasini yaratish.
2.Mehnat qobiliyatini rivojlantirishga rag‗bat sifatida xodimlar o‗rtasidagi
raqobat.
3. Qayta o‗qitish va ta'lim darajasini oshirish uchun bandlikdagi tanaffus.
4.Mehnatning intensivligi va samaradorligini oshirishni rag‗batlantirish .
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) № 168 «Bandlikka ko‗maklashish va
ishsizlikdan himoya qilish to‗g‗risidagi konvensiyasida» ishsizlikdan ijtimoiy
himoyalash tizimining prinsipial asoslari ishlab chiqilgan va shakllantirilgan. Bu
tizimning asosiy maqsadi ishsizlik bo‗yicha nafaqalar taqdim qilish, tadbirkorlar
tomonidan samarali bandlikni taklif etish, ishchilar uchun shunday bandlikni izlash
xususiyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
3.Ishsizlik- bizning jamiyatimizdagi eng o‗tkir muammolardan biridir.
Uning salbiy oqibatlari jamiyatning barcha a'zolariga ta'sir qilib, kasalliklar
darajasining oshishi, alkogolizm, giyohvandlik, ajralishlar, oiladagi zo‗ravonliklar
kabi boshqa muammolarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Inqiroz holatidan
insonni olib chiqish, jamiyatda munosib hayotni ta'minlash ijtimoiy ish asosini
tashkil qiladi, shuning uchun yangi va murakkab hayotiy sharoitlarga moslashish
qobiliyatini kamaytirgan ishsizlarga ijtimoiy xodimlar ko‗mak beradilar. U
fuqarolik va insoniy huquqlarining himoyachisi sifatida davlat o‗rtasida vositachi
sifatida qatnashadi.
Bunday vositachilikning zaruriyati shu bilan asoslanadiki, davlat doimo
huquqlarni himoya qilish va uning mavjud usullarini kafolatlashda qatnasha
olmaydi. Insonning teskari reaksiyasi ish joyida yetarli kafolatlarni olmaganda
begonalashuv, asotsial ahloq, ruhiy inqiroz bo‗ladi. Bunday munosabatlardan
ikkila tomon: davlat va fuqaro ham qiynaladi. Ijtimoiy qonuniyatlar va ularni
262
amalga oshirishning turli shakllarini bilish asosida ijtimoiy xodim davlat va shaxs
manfaatlarini moslashtiradi. Ijtimoiy xodimning yordami bevosita va bilvosita
bo‗lishi mumkin: ishsizlar huquqlari va manfaatlarini himoyalashga qaratilgan
bevosita yorda ularning hayot darajasini yaxshilash, noxush ruhiy holatlarni
bartaraf etish sanaladi.
Bilvosita yordam ishsizning atrofidagilari orqali (oila, do‗stlar, yaqinlar)
turli davlat fondlari va tashkilotlar orqali taqdim etiladi.
Ijtimoiy xodimlar ko‗rsatadigan kasbiy yordamlar turlicha bo‗ladi. Ijtimoiy
maslahatchi xodim bo‗sh o‗rinlar mavjud korxonalar qaerda mavjudligi, qayta
o‗qitish imkoniyatlari to‗g‗risida maslahat beradi. Shuningdek kasbiy
maslahatlarni o‗tkazadi. Bu bosqichda mijoz ruhiy yordamga muhtoj bo‗lishi
mumkin. Shaxsiy ruhiy maslahat faolligi pasaygan, pessimistik kayfiyatdagi va
o‗zini yomon his qilayotgan, depressiya holatida bo‗lgan ishsizlarga juda zarurdir.
Bunday odamlar yaqinlar va ish beruvchilar bilan muloqotda qiyinchilikka duch
keladilar.
Bunda ruhshunosga murojaat qilishni tushuntirishga qaratilgan ijtimoiy
xodimning ma'rifiy faoliyati zarurdir. Stress holatlarini bartaraf etishdagi birinchi
yordam ishsizni ishga joylashtirish sanaladi. Ijtimoiy xodim yordamining keyingi
yo‗nalishi o‗zini namoyon qilish ko‗nikmalari bo‗yicha ishsizni o‗qitish, ish
izlashda maqsadlar tartibini belgilash orqali o‗zini ishga joylashtirishni
rejalashtirish sanaladi. Bundagi bosqichlar: rezyume tuzish, gazetaga e'lon berish,
ishsizlarga muloqot qilishni o‗rgatish, ruhiy holatni ko‗tarish.
Ijtimoiy xodim shuningdek ishsizlar bilan ularning kommunikativ
qobiliyatlarini tiklashga, o‗ziga bo‗lgan ishonchni oshirishga qaratilgan ijtimoiy-
psixologik treninglar o‗tkazishi mumkin. Buning uchun guruhli trening
mashg‗ulotlari qo‗llanilib, ishsiz fuqarolarni jamiyatga moslashish dasturlari
doirasida klub shaklida mashg‗ulotlar o‗tkaziladi. Klubning bosh maqsadi
263
ishsizlarni mehnat bozori to‗g‗risidagi axborot bilan ta'minlash, ish izlash
ko‗nikmalarini o‗rgatish, mos ishni topish muddatini qisqartirish uchun olingan
ko‗nikmalarni amalda qo‗llashga yordam ko‗rsatish.
Ishchizlik muhim ijtimoiy institut bo‗lgan oilaga juda katta ta'sir ko‗rsatadi.
Bu uning hayotiy darajasining pasayishiga, davlat tomonidan belgilangan o‗z
vazifalarini qiman bajarilmasligiga, shuningdek uning buzilishiga olib keladi.
Ishsiz oilalarda bolalar bilan muloqotda qattiqqo‗l bo‗lish, ularning asab tizimiga
ta'sir qiladi.
Ishsizlar va ularning oilalarini inqirozdan chiqarish uchun ijtimoiy xodim
yordamning turli shakllarini qo‗llaydi. Avvalo u ishsiz oilaning holatini o‗rganadi.
Asosiy muammolarni aniqlab ( asotsial xulq mavjudiligi, hayot sharoitining
yomonligi, bolalarning o‗zlashtirmasligi) ijtimoiy xodim ma'lum yo‗nalishdagi
yordamni ko‗rsatadi. Bunda boshqa tashkilotlarni ham jalb qilish mumkin. Bu
yuridik yordam ham bo‗lishi mumkin. Asossiz ishdan bo‗shatish, nafaqalarni
noto‗g‗ri to‗lash holatlarida) . Shuningdek ijtimoiy xodim stress holatlarida
faqatgina ishsizni emas, balki uning oila a'zolarini ham ruhiy yordam ko‗rsatishga
yo‗naltirishi mumkin.
Ijtimoiy xodim ishsizga ish izlash va ishga joylashtirishga ko‗maklashishi
mumkin. Bunda asosiy e'tibor insonning kasbiy salohiyatini namoyon qilishga,
oldingi ish joyida qaysi vaqtda va qanday ish haqi bilan ishlaganiga qaratiladi.
Ijtimoiy
xodim
ishsizga
ularning
assotsiatsiyalarini
yaratishga
ko‗maklashishi mumkin. Birlashga ishsiz shaxslar xususiy korxona ochishlari
mumkin. Ijtimoiy xodimning vazifasi mavjud guruhlar to‗g‗risida axborot to‗plash
va mijozlarni yo‗naltirishga maslahat berishdan iboratdir.
Ijtimoiy xodim faoliyatining zarur jihati ishsizlikni qisqartirishga xos
bo‗lgan tadbirlarni o‗tkazishdir. Bunday tadbirlardan biri maktablarda ijtimoiy
xodimning ma'rifiy faoliyatidir.
Ishsizlarni mehnat faoliyatiga samarali qo‗shish uchun makro darajadagi
mexanizm zarur bo‗lib, u o‗z ichiga meyoriy hujjatlarda mustahkamlangan davlat
bandlik xizmatining faol siyosatini o‗tkazishni oladi. Mikro darajadagi ijtimoiy
264
xodimning faoliyati ishsizning o‗z kuchiga ishonchini tiklashga, uni faol mehnat
faoliyatiga qaytishga, odamlar bilan samarali muloqot va jamiyatda o‗zini
to‗laqonli namoyon qilishga yordam beruvchi aniq tadbirlarni amalga oshirishdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |