6
Avtonom iste‟mol ΔCA miqdorga o„ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y)
ning o„sha miqdorda o„sishiga olib keladi. Bu esa, o„z navbatida iste‟molning
ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MPC x ΔCA miqdorda o„sishiga olib
keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o„sadi.
Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko„rinishidagi doiraviy aylanish bo„yicha jarayon
davom etaveradi.
ΔCA↑ >AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko„rinib
turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom
iste‟molning dastlabki o„zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko„p o„zgaradi.
Bu
shuni bildiradiki, C, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o„zgarishlar
ham ishlab
chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o„zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi.
Shuning uchun
ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo„lib, o„rnatilgan
barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste‟molga
chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko„rib chiqamiz. Aytaylik,
dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so„mga ko„paysin. Bu, o„z
navbatida ish haqi, renta, foyda ko„rinishda uy xo„jaliklari daromadiga aylanadi. Agar
iste‟molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy
xo„jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya‟ni 3,75 mlrd. so„mni iste‟mol xarajatlariga
sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so„mni jamg„aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so„m boshqalar
uchun daromad hisoblanadi. O„z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so„mning 75 foizini
iste‟mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg„aradilar. Bu jarayon oxirgi so„m
jamg„arilmaguncha davom etadi.
Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4
va bundan
: ΔY 1
Dostları ilə paylaş: