9- mavzu. Budjet- soliq siyosati reja



Yüklə 394,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix13.04.2023
ölçüsü394,06 Kb.
#97039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Ma\'ruza matni

C=a+b[Y-(Ta+tY)] 
Iiste’mol funksiyasining Ushbu shaklini hamda sof eksport funksiyasini hisobga 
olib ochiq iqtisodiyot uchun soliq multiplikatorini hisoblasak u
-b
mt = ------------------  ko‘rinishini oladi. 
1-b(1-t)+ m’ 
Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida 
YaIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga 
chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan 
moyillik darajalariga bog‘liq 
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini 
hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi: 
1 b 
Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
 
 Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu 
xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi. 
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida 
bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori 
quyidagiga teng bo‘ladi: 
1 b 
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa 
muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga 
ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan 
byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi. 
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar 
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat 
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga 
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar 
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun 
o‘z xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 



Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy 
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat 
xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi. 

Yüklə 394,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin