9- mavzu. Budjet- soliq siyosati reja


-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi



Yüklə 394,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix13.04.2023
ölçüsü394,06 Kb.
#97039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Ma\'ruza matni

9.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi, 
YaIMga nisbatan %da
2
 
O‘zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat’iy va muhim tamoyillar, 
jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech 
qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog‘liq emasligi, ularning 
umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi 
farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2018 yil 
yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,8 foizni 
tashkil etishiga imkon yaratdi. 
Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin –valyuta 
zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2018 yilda OVZ hajmi 
ko‘payib, hozirda 13 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valyuta zaxiralari 
mavjud.
9.4. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
fiskal 
siyosatni 
yanada 
takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni
rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar 
belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish 
zarur bo‘ladi.
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga 
ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, 
ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona 
sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing 
xarajalari tizimida o‘zining ifodasini topadi.
Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli 
tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan,aholining turmush darajasini 
2
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari 


10 
ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni 
boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan 
iborat bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet 
tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu 
xarajatni 
muayyan 
budjetga 
kiritilishini 
anglatadi.Bu 
birinchidan 
moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli 
bo’lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va 
korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga 
mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi.Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va 
transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai 
nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum 
ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan 
asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul 
mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet 
resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni 
maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha 
amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish 
siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni 
mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat 
budjeti ulushini kamaytira borib, 2018 yilda uning ulushini 20% idan oshirmasdan,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy 
investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun 
barqaror manba yaratdi. 

Yüklə 394,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin