Microsoft Access dasturi haqida ma’lumot. Microsoft Access Ma’lumotalar Bazasini Boshqarish Tizimlari (MBBT)
relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, ingilizcha “local”
ma’lumotlar bazasini yaratish uchun barcha instrumental vositalar hamda
foydalanuvchi dastur tuzish imkoniyatlari mavjud.
Microsoft Access MBBT o‘z ichiga turli ob’yektlarni yaratish uchun
avtonom vositalarga ega:
- Grafik konstrucciyalar vositasi ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini grafik
elementlar yordamida qurish imkoniyatiga ega;
- Dialog vosita ma’lumotlar bazasini qayta qurish va tashkillashtirish uchun
turli vazifalarni bajaruvchi masterlar yordam beradi;
- MBBT ning dasturlash vasitasi uz ichiga SQL, makrokomandalar tili va
VBA uchun OMD ni olgan.
Ma’lumotlar bazasi – ma’lum sohaga oid o’zaro boglangan ma’lumotlar
yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi – ikki o’lchamli jadvallarning mohiyat-
munosabat mehanizmi orqali bog’lanishidir. Relyatsion ma’lumotlar bazasining
logik aloqasi o’zaro logik bog’langan jadvallar majmuini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli normallashtirish orqali yaratiladi.
Normallashtirish jarayoni qayta takrorlanuvchi ma’lumotlarni yangi jadvalga
kuchirishdan iborat hodisadir. Relyatsion jadval structurasi maydon bilan
belgilanadi. Maydonga ma’lumot turi va hajmi kabi hossalar kiritiladi. Maydon
tarkibi jadval ustunlarida keltiriladi.
Har bir qator ma’lumotning bitta ekzemplyari bo’lib, yozuv deb nomlanadi.
Har bir yozuvni identifikatsiyasi uchun unikal birlamchi kalit qullaniladi. Kalit bir
yoki bir nechta maydondan iborat bo’lishi mumkin. Ikki jadvalni bog’lash uchun
tashqi kalitdan foydalaniladi. Bunda birga-bir (1:1), birga-kup (1:N) va kupga-kup
(M:N) munosabatlar urnatilishi mumkin.