3. Ma’lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga
yoki dasturga berilganlar
bazasini o‘zgartirish, ya’ni unga yangi ma’lumotlar qo‘shish, mavjud
ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi.
4. Berilganlar bazasini ximoyalash. SQL yordamida ma’lumotlar bazasi
foydalanuvchilarini undagi ma’lumotlarni o‘qish va o‘zgartirish
imkoniyatlarini
chegaralab qo‘yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan
axborotlar ximoyalanadi.
5. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma’lumotlardan birgalikda
foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-
birlariga xalaqit bermasdan berilganlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishlari
imkonini beradi.
6. Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash. SQL berilganlar
bazasini yaxlitligini
ta’minlashga imkon beradi va unda noo‘rin o‘zgartirishlar qilishni oldini oladi.
MySQL ni faqat mSQL kamchiliklariga javob sifatida qarash noto‘g‘ridir.
Uning ixtirochisi Maykl Videnius (+ yana Monty sifatida ma’lum) shved
kompaniyasi TsX xodimi ma’lumotlar bazasi bilan 1979 yildan beri ishlaydi.
Yaqin paytgacha Videnius TsX da faqat dasturchi edi. 1979 yilda firma ichida
foydalanish uchun UNIREG nomli ma’lumotlar bazasini
boshqarish vositasini
yaratdi. 1979 yildan so‘ng UNIREG bir necha tillarda yozildi va katta ma’lumotlar
bazalarini qo‘llash uchun kengaytirildi. Bitta dastur bajarilayotgan har bir jarayon
bu dastur nusxasi deyiladi, chunki xuddi o‘zgaruvchi nusxasi kabi xotiradan joy
oladi. 1994 yilda TsX WWW uchun Amaliy dasturlar
yarata boshladi va bu
loyihani qo‘llashda UNIREG dan foydalandi. Baxtga qarshi, UNIREG katta
harajatlar
talab qilgani uchun, undan veb-sahifalarni dinamik generatsiya qilish
uchun muvaffaqiyatli foydalanib bo‘lmadi. Va TsX shundan so‘ng SQL va mSQL
ga murojaat qildi Lekin o‘sha paytda mSQL faqat 1.x relizlari shaklida mavjud edi.
Yuqorida aytganimizdek mSQL 1.x versiyalari hech qanday indekslarni qo‘llamas
edi
va
shuning
uchun
UNIREG
dan
unumdorligi
past
edi.
Videnius mSQL avtori s Xyuz bilan bog‘landi va mSQL ni UNIREG dagi V+
ISAM qayta ishlovchisiga ulash fikri Bilan qiziqtirmoqchi bo‘ldi. Lekin Xyuz shu
paytga keldib mSQL 2 yaratish yo‘lida anchaga ketgan va indekslar Bilan ishlash
vositalarini yaratgan edi. TsX o‘z talablariga ko‘proq mos keluvchi ma’lumotlar
bazalari serverini yaratishga qaror qildi. TsX xodimlari Yangidan velosiped ixtiro
qilib o‘tirmadilar. Ular UNIREG ni asos qilib oldilar va soni oshib borayotgan
o‘zga dasturchilar utilitalaridan foydalandilar. O‘z tizimlari uchun boshida mSQL
uchun yaratilgan API bilan deyarli ustma-ust tushuvchi API yaratdilar.
Natijada
Yangi kengroq imkoniyatga ega TsX ma’lumotlar bazasiga o‘tmoqchi bo‘lgan
mSQL foydalanuvchisi o‘z kodiga juda kam o‘zgartirish kiritishi talab qilinardi.
Shu bilan birga Yangi ma’lumotlar bazasi kodi to‘la original edi. 1995 yil may
oyiga kelib TsX kompaniya ichki talablarini qanoatlantiruvchi ma’lumotlar bazasi,
- MySQL 1.0 ga ega edi. Firma biznes-partneri Detron HB dan David Aksmark
(David Axmark) TsX ga o‘z serverini Internetda ko‘rsatishni taklif qildi. Serverni
Internetda ko‘rsatishdan maqsad - birinchi bo‘lib Aladdin Peter Deych (Aladdin
Peter Deutsch) qo‘llagan biznes modelldan foydalanishdir. Natijada MySQLni
mSQL ga nisbatan «tekinroq» qiluvchi o‘ta moslashuvchan avtorlik huquqlari
olindi. Nomiga kelganda Videnius bu haqida shunday deydi: «Xozirgacha
noma’lum MySQL nomi qaerdan kelib chiqqani. TsX da asosiy kattalog, hamda
bibliotekalar va utilitalar ko‘p qismi bir necha o‘n yildan beri «mu» prefiksiga ega.
Shu bilan birga mening qizim (bir necha yilga kichik) ismi ham May (My).
Shuning uchun haligacha sir, bu ikki manbaning
qaysi biri MySQL nomini
bergan».
MySQL ni Internetda e’lon qilingandan beri u ko‘pgina UNIX-tizimlarga, Win32 i
OS/2 ga ko‘chirildi. TsX fikricha, MySQL ni 500 000 ga yaqin serverlar ishlatadi.