1 –mustaqil ishi 12-mustaqil ta`lim mavzusi: ms excelda statistik tahlillarni amalga oshirish va funksiyalar bilan ishlash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#97536
1   2   3   4   5   6
109.Xolmurodova O`. MTN-12. 12.12.2021

 
 


1-savol. MS-Excel dasturi haqida umumiy malumot 
 
Манба: 
Урдушев Х. Соҳада АКТ Фанининг Ўқув Услубий Мажмуаси. СамВМИ. 
2021 йил. 
Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi
[1]
) —
Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac 
OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron 
jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik 
vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 
ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel 
Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng 
mashxur ilovalar qatoriga kiradi. 
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor 
hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez 
o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, 
masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni 
yechishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron 
jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib 
turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. 
Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning 
bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi 
bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila 
boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo 
bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy 
dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga 
aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun 
joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval 
rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-
3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. 
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u 
hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. 
Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy 
axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va 
saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, 


ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz 
WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. 
Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo 
dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan 
tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning 
yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin. 
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy 
masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor 
ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng 
ko’llamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda 
ommabop bo'lgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo 
u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk 
versiyasi Mac uchun mo'ljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows 
uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. 
Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-
yildan Excelning undan o'tib ketishiga sabab bo'ldi. Microsoft har bir yangi 
versiya uchun o'z mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga 
mo'ljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 
2012 dir. 
Boshida Excel nomi bilan bog'liq muammo paydo bo'ldi, negaki boshqa 
kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni 
sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda 
dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur bo'ladi. 
Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi 
natijasida muammoga barham berildi. 
Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga 
qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi 
esa — .xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel 
foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 
Excel foydalanuvchiga ekraning o'zida jadvalning ko'rinishini, shriftlar, 
belgilar va katak tashqi ko'rinishini o'zgartirish imkonini bergan ilk jadval 
muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur 
edi.
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Office'ga birlashtirilish munosabati 
bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excel'ga monand grafik 
interfeysga ega bo'lishdi. 


1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel 
masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual 
Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini 
yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library - dinamik 
kutubxona)ni qo'llashi (yaratishi emas) mumkin.
VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi. 
Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni o'rganmagunlarigacha katta 
muammo bo'lib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash 
imkonini o'z dasturiga qo'shdi: 

makroslarni to'liq o'chirish 

hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish 

sertifikatga ega makroslarga ishonish. 
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari o'zida turli "yashirin sir"larni saqlaydi, 
ammo 10-chi versiyadan so'ng Microsoft ularni yo'q qilish chora-tadbirlarini 
qo'llay boshladi . 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin