Vedalar (sanskr.
– muqaddas bilim)ni ham olib kelgan
edilar.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha
kitoblar kirgan
bo’lib, ular o’z ichiga ibodat, marosimlar,
falsafiy
ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt
yirik
to’plamdan iborat.
VEDALAR
<>
RIGVEDA
– «MADHIYALAR
VEDASI
»
SAMAVEDA
– «QO’SHIQLAE
VEDASI
»
YAJURVEDA
–
«QURBONLIKLAR VEDASI»
ATHARVAVEDA
– «AFSUN VA
JODULAR VEDASI»
Veda xudolari. Vedalarda xudolar
– osmon xudolari, quyosh xudolari,
havo xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida
madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli
osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv
va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh
xudolari.
Rigvedada
quyosh
energiyasining
turlicha
namoyon
bo’lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritilgan.
Ularning eng qadimiysi Mitra
(«do’st») dir. Surya quyoshning yorqinroq
namoyon
bo’lgan ko’rinishidir. U yunonlardagi Apollon kabi yetti ot
biriktirilgan
g’ildirakli aravalarda tasvirlangan. Savitri esa quyoshning
quvvat beruvchi kuchida namoyon
bo’ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib,
quyoshning mahsuldorlik faoliyatni
o’zida namoyon qiladi. Ularning yana
biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut
bo’lib ketgan xudolar
orasida abadiy hisoblangan, hozirgi paytda butun Hindistonda
ulug’lanadi.
Yer xudolari. Yer xudolarining eng
ulug’i yerda quyoshning, havoda
chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov
xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga
kelgan.
|