Lao-
Szi ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug’ Dao»
hisoblanadi (dao, tao
«yo’l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi
ta’limot konfutsiychilikda bo’lgan. Chunki dao to’g’risidagi fikrlar konfutsiychilik
va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har
ikki ta’limotning o’xshash jihatlari ko’p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan
tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan.
DAO
– ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yig’indisidir.
DAO umumiy tabiat qonuni va ibtido intihoning
o’zagidir.
DAO ni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib
chiqqan va unga qaytadi.
DAO hech kimga
ko’rinmaydi, sezgi
a’zolari uni ilg’ay olmaydi. Nimani ko’rish, eshitish, sezish, anglash
mumkin
bo’lsa, u dao emas.
Umumiy mazmunda dao
– butun borliq demakdir.
Milodiy ikkinchi asrga kelib daosizm dinida yangi
sektalar paydo
bo’ldi. Ulardan biri «Тaypindao» («Buyuk
tenglik
ta’limoti») bo’lib, uning asoschisi Chjan Szue
hisoblanadi.
«Тaypindao» sektasi bilan birga yana bir
«Udoumidao» («Besh dou guruch ta’limoti») sektasi ham
mavjud
bo’lib, qadimgi Хitoy jamiyatida katta ta’sir
doirasiga ega
bo’lgan. Uning asoschisi mashhur daochi
Chjan Dao Lin
bo’lib, u ushbu sektaninggina emas, balki
butun daosizm ibodatxonasining asoschisi hisoblanadi.
Ushbu
sektalar
tarixda
hukmron
tabaqalarning
adolatsizligiga
qarshi
ko’plab
siyosiy
kurashlarga,
qo’zg’olonlarga boshchilik qilgan.
XX asr boshlariga kelib Хitoyda turli daosizm
sektalariga qarshi kurash boshlandi. O’tgan
asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari
juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu kichik
guruhlar monaxlar, targ’ibotchilar va
bashoratchilarni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |