aqib olganda nima qilish kerakligi haqidagi ma’lumot yangilandi.
• Pashshalar sonini kamaytiradigan va qulay hojatxona qurish
yo’l-yo’riqlarini bilish uchun, kitobning 262 betiga qarang.
Bordiyu, kitobni foydaliroq qilish fikriga ega bo’lsangiz, iltimos ularni bizga bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda muhimdir! Ba’zi kasalliklar ilgari ishlatilib kelingan dorilarga qarshilik
ko’rsatishga moslashgani sababli, kitobdagi “Yashil Sahifalar” bo’limi,
ba’zi qo’shimcha dorilarni o’z ichiga oldi. Shuning uchun, hozirda ma’lum
kasalliklardan davolanishga maslahat berish biroz qiyinlashgan, masalan
bezgak, sil, terlama va tanosil kasalliklari. Bunday vaziyatlarda kitobda
davolanishning bir necha yo’llari ko’rsatilib o’tilgan, lekin ko’pgina yuqumli
kasalliklar masalasiga kelganda doktorga murojaat qilganingiz yaxshi- roqdir. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
23 Bizga ma’lumki, odamlar orasida kasallikni davolash haqida turli
xil fikrlar yuradi va fikrlarning ba’zilari asosli, ko’pi esa asossizdir. Shu
nuqtai nazardan kitobda jahon tajribalarida o’z tasdig’ini topgan ma’lumo-
tlar berilgan. Ma’lumotlar O’zbekistonning shart-sharoitiga moslashtirilgan
bo’lib, aholining imkoniyatlari ham hisobga olingan. Kitobdagi ma’lumo-
tlarni tarjima qilishda biz kitobda Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining
standartlariga moslashtirdik.
Salomatlikni saqlashda jamiyatimizning ishtiroki naqadar muhim
ekanini kitobning deyarli har joyida kuzatish mumkin. Masalan, hozirda
onalarga emizishning naqadar foydali ekanini tushuntirishning o’zi yetarli
bo’lmay qoldi. Shuning uchun, jamiyatimiz, emizadigan onalar uchun ish
paytida ham chaqaloqlarini emiza olishiga imkoniyat yaratib berishlari
kerak. Shuningdek, pestitsidlardan noto’g’ri foydalanish (751 bet), giyox-
vandlik balosi (757 bet) yoki o’zboshimchalik bilan qilinadigan abort kabi
muammolar (528 bet) birga ishlaydigan odamlar tomonidan hal etilishi
kerak bo’lgan ishdir. Shundagina, jamiyatimiz sog’lom, xavfsiz va sofdil
bo’la oladi.