Ushbu yangi nashr, sizning yordamingiz bilan yanada foydal


atrofda bo’lmaganliklari uchun, kitob og’ir hollarda nima qilish kerakligi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix14.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98222
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
uz la wtnd 2015 fm

19
atrofda bo’lmaganliklari uchun, kitob og’ir hollarda nima qilish kerakligi 
bo’yicha ko’rsatmalar ham beradi.
“Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Ingliz tilidagi “Where there is no 
doctor” (Shifokor bo’lmagan joyda) kitobidan sodda O’zbek tiliga o’girilib 
O’zbekiston hududida qo’llash uchun moslashtirilgandir. Kitobxon tushunmasli-
gi mumkin bo’lgan ba’zi so’zlar kitobning ohiridagi lug’atda izohlab o’tilgan. 
Qo’lingizdagi ushbu kitob, sog’lig’ingizni saqlashga mo’ljallangan 
qo’llanma bo’lib, aslida Ispan tilida yozilgan. U 80 dan ziyod tillarga tarji-
ma qilingan. 100 dan ortiq mamlakatlardagi tibbiyot xodimlari undan bax-
ramand bo’lib kelmoqda. Kitob barcha uchun tushunarli sodda tilda yo-
zilgan va hammabopdir. Bu kitobda kasalliklarning oldini olish, bemorga 
birinchi yordam ko’rsatish, dori-darmonlardan to’g’ri foydalanish, tez-tez 
uchrab turadigan kasalliklarni davolash, onalar uchun yo’l-yo’riqlar, to’g’ri 
ovqatlanish kabi foydali maslahatlar berilgan. 
Ushbu kitobni yoki uning biror qismini ko’chirib ko’paytirmoqchi 
yoki undan foydalanib biror shaxs yoki tashkilot o’ziga yoki qishloq aholisi 
yoki tibbiyot xodimlari uchun qo’llanma tayyorlamoqchi bo’lsa, marhamat. 
Kitob mualliflaridan bunga ruxsat olish shart emas. Kitobning ko’pay-
tirilgan nusxalari, betlari bepul tarqatilishi yoki xarajatlarni qoplaydigan, 
ammo foyda uchun o’rin qoldirmaydigan narxda sotilishi shart. Nusxalarni 
tayorlaganda u yerga “Hesperian” tashkilotining egaligi haqida izoh qoldi-
rib, nusxasini “The Hesperian Foundation, Box 16992, Palo Alto, Califor-
nia 94302, U.S.A.” manziliga yo’llasangiz, sizdan minnatdor bo’lar edik. 
Kitobning Yashil Sahifalari bo’limi (Dorilarni O’lchash va Ular-
ni Qabul Qilish Qo’llanmasi)da qoldirilgan bo’sh joylar, dorilarning nomi 
va ularning bahosini yozib qo’yish uchun mo’ljallangan. Shuni eslatib 
o’tish joizki, ushbu qo’llanmani ishlatishni yoki tarqatishni maqsad qilgan 
shaxslar, har bir kitobning nusxasiga O’zbekistonning shart-sharoitiga va 
aholining imkoniyatlariga moslashtirilgan asosiy yoki arzon dorilarning 
ro’yxatini keltirib o’tishlari kerak. 
Qo’lingizdagi qo’llanma, o’z va atrofdagilarning sog’lig’iga befarq 
bo’lmagan kitobxonlar uchun yozilgan. Biroq, tibbiyot xodimlari ham un-
dan keng foydalanadilar. Shu yo’sin, kitobning kirish qismi to’ldirilib, u yer-


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin