20 ga tibbiyot xodimining asosiy burchi o’z bilimini boshqalar bilan baham ko’rish ekani aytib o’tilgan.
Bilimlarni sahiylik bilan baham ko’rish va davolashning zamonaviy
va an’anaviy yo’llaridan eng yaxshilarini ishlatishni o’rganish orqali, har
bir joydagi odamlar o’z sog’liqlari va bir birlarini rahmliroq va aqlliroq par-
varishlash yo’llarini yaratishiga umid qilamiz.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
21 Aziz Kitobxonlar!
Qo’lingizdagi “Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasining” yangi
nashri yangi ma’lumot bilan to’ldirilib eski ma’lumot esa oxirgi ilmiy yu-
tuqlarga asoslangan ma’lumot bilan yangilandi. Yangi nashrni yaratishda
sog’liqni saqlash sohasida ishlab kelayotgan dunyoning ko’pgina mutax-
assislari o’z maslahatlarini va takliflarini ayamadilar.
Kitobni yangi ma’lumot bilan to’ldirganda, uning bet raqamlarini
o’zgartirmaslikka harakat qilindi, ya’ni kitobning asosiy qismidagi ma’lu-
mot qaysi betda bo’lgan bo’lsa, o’sha betda qoldi. (“Tibbiyot xodimi uchun qo’llanma” kitobi ham shular jumlasidandir).
Kitob oxiridagi “Qo’shimcha Ma’lumot” bo’limida (399 bet)
ko’payib borayotgan yoki odam sog’lig’iga xavfli bo’lgan muammolar haqi-
da ma’lumot keltirilgan. Masalan, OITS, tanosil a’zolaridagi yaralar, leysh-
maniyoz, abortning asoratlari va ko’pgina boshqa muammolar. Undan
tashkari, qon bosimini o’lchash, pestitsidlar bilan zaharlanish, giyoxvan-
dlik, muddatidan oldin va vazni oz bo’lib tug’ilgan bolalarga e’tibor berish
kabi mavzular tilga olingan.
Tibbiyot sohasiga taaluqli ma’lumot va fikrlar doim o’zgaruvchan
bo’lgani sababli, kitobning deyarli har yerida yangi ma’lumotni ko’rish
mumkin. Quyida keltirilgan misollar shular jumlasidandir:
• To’gri ovqatlanish bo’limi bir oz o’zgardi. Masalan, mutaxassislar
ilgari onalarga bolalarni proteinga boy oziq-ovqat bilan boqishni
tavsiya qilar edilar. Lekin hozirda, ovqatga to’ymaydigan bolalarn-
ing ko’pchiligi ko’proq quvvat beruvchi oziq-ovqatlarga muhtoj
ekani ma’lum bo’lgan. Quvvatga boy arzon oziq-ovqatlar ichiga
avvalam bor don mahsulotlari kiradi. Agar bola bu mahsulotlarni
yetarlicha iste’mol qilsa, shunda uning tanasi protein bilan yetar-
licha ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda, “oziq-ovqatlarning 4 guruhi”
tuzumining o’rniga, quvvatga ega ovqatlarning izlanishiga ko’p
diqqat e’tibor qaratilmoqda. (11 Bobga qarang).