15
14-laboratoriya mashg‘uloti. Optik tarmoqlagichlardagi yo‘qotishlarni o‘lchash.
Ishdan maqsad: STM-1 sinxron transport modulining tuzilishi asosida optik
uzatish tizimning tuzilish va ishlash prnitsipini o‘rganish.
1. Nazariy qism
OA da axborotlarni yorug‘lik yoki optik signallar ko‘rinishida uzatish va qayta ishlash
amalga oshiriladi. OA uchun yorug‘lik nurlanishi va to‘lqin uzunligi turini tanlash
uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek nurlanish hosil qilish imkoniyalariga,
undan signal shakllanishiga, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nixoyat,
axborotga ega signalni qabul qilishga bog‘liq.
OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 14.1 – rasmda keltirilgan. Sxema OA
ning turlari TOA va OOA ga xos standart bloklardan (elementlardan) tashkil topgan .
14.1 – rasm. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi:
1 – axborotlar manbai;
2 – optik uzatgich va modulyator;
3 – optik kanal;
4 – optik qabul qilgich
Axborotlar manbaidan uzluksiz yoki raqamli signallar beriladi. So‘ng signallar
yorug‘lik
oqimi-tashuvchi
chastotaning
elektromagnit
tebranishlarini
modulyatsiyalaydi.
So‘ng yorug‘lik nuri ko‘rinishidagi optik signallar uzatuvchi muhit - optik kanal
orqali tarqaladi. Uzatuvchi muhit yuqorida aytib o‘tilgandek ochiq fazo, atmosfera,
ya’ni OOA liniyasi yoki TOA liniyasi bo‘lishi mumkin. Uzatilgan axborotlar optik
qabul qilgich demodulyatorida demodulyatsiyalanadi. Demodulyatorning asosiy
elementi optik fotodetektor hisoblanadi. Signallarni uzoq masofalarga uzatishda,
qachonki qabul qilgich kirishida signal
/shovqin nisbati talab darajasidan past bo‘lganda
liniyada retranslyatorlar o‘rnatiladi.
TOA tizimining tuzilish sxemasini (14.2 – rasm) to‘liq ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: