Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 17
w www.oriens.uz November 2021 Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan
o`rgatishga intilayotgan o`qituvchi, ikkinchi tomondan o`rganishga xohishi bo`lgan
o`quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, agar o`quvchi oldiga qo`yilgan
vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o`rgatishning
muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi.
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar
hisoblanadi. Amaliyotda esa onglilik va faollik jarayoni o`zaro bog`liqdir, ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. Sababi shuki o`quvchining faolligisiz onglilikni
amalga oshirish mumkin emas, faoliyatning maqsadi esa ongli ravishda tushunib
etilgandagina inson faol bo`ladi.
Faollashtirish jarayoni deganda o`qituvchi tomonidan shug`ullanuvchilarning
intellektual, axloqiy, irodaviy va jismoniy kuchlarini o`rganib, tarbiya sifatini
oshirish tushuniladi. Ammo mavjud tabiiy va ma`naviy qonuniyatlarni bilishning o`zi
o`quvchilarni ongli va faol qila olmaydi. Bu vazifani o`qituvchi bajarishi kerak.
Qulaylik va individuallik tamoyili. Bu tamoiyllar yosh va jinsiy farqlanish
bolalarga xos. Bunday tashqari bir xil yoshdagi va jinsdagi bolalar, har xil qobiliyatga
ega, shuning uchun o`rgatish va tarbiya jarayonida shu tomonlarni albatta hisobga
olish zarur. Bunda qulaylik va individuallik tamoyiliga amal qilinadi. Bu yerda so`z,
o`qituvchining har bir bola yuragiga yo`l topa olishi, vaqtincha qiyinchiliklarni
anglay olishi va uni tuzatishga yo`l topa olishi, ularning qobiliyati va
qiziquvchanligini rivojlantirishda hamkorlik qilishi ustida boradi.
Darhaqiqat, manzaralarda sportchining ruhiy xolatini qo‘llab-quvvatlash uchun
qo‘l kelgan yuqoridagi metodlar sportchi-o‘quvchini ham darsni puxta
o‘zlashtirishida, ham sport orqali musobaqalarda yuqori o‘rinni egalla, vatani
bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga turtki bo‘ladi.
Avvado, sportchining ruhiy xolatini tahlil qilar ekanmiz, uning pedagogik
tadbirlar va sportchilar faoliyati hamda xayotiga mos sharoitlar yig‘indisi ekanligini
anglaymiz. Ruhiy faoliyat sportchilarda mashg‘ulot va musobaqada qatn-shish
vazifalarini muvaffakiyatli xal etishni ta’minlovchi ruhiy vazifalar, jarayonlar,
xolatlar va shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan.
"Ruxiy tayyorgarlik" tushunchasi o‘z ichiga ikki tushunchani oladi: umumiy
ruhiy tayyorgarlik va muayyan musobaqalarga tayyorgarlikdir. Bundan tashqari u
sport jamoasi va jamoadagi ruhiy muhitni shakllantirishda, irodaviy sifatlarni
tarbiyalashda, ilg‘ab olish jarayonlarini rivojlantirish, xususan, "raqibni xis qilish",
"vakt va makonni his kilish" kabi ilg‘ashning maxsus turlarini takomillashtiradi.