Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
16
w
www.oriens.uz
November
2021
-o`rgatayotgan mashqlarni yaxshi o`zlashtirilishi uchun ko`rgazmalilikning turli
xil shakllaridan foydalanish;
-har bir o`quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo`naltirilgan va
psixologik og`irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta`minlash;
Shug`ullanuvchi o`quvchilar avvalgi mashg`ulotlarda o`zlashtirib olganlarini
mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg`ulotlar uchun zamin
yaratishni ta`minlash. Pedagogika fanida bu printsiplarni o`rgatishda taalluqligini
hisobga olib, didaktik tamoyillar deb ataymiz.
Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarga o`rgatish va shug`ullanuvchilarni
bilimlar
bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o`z ichiga qamrab
olganligi uchun tamoyillarni didaktik emas, metodik - uslubiy deb atash
qonuniyroqdir.
Ko`nikma va malakalarni shakllantirishda qo`llaniladigan
asosiy uslubiy
tamoyillar o`quvchilarning yoshlari qanday bo`lishidan qat`iy nazar, barcha uchun bir
xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o`quvchilar jismoniy tarbiyasi
jarayonida uni amalga oshirish yo`llarini alohida ko`rib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Onglilik va faollik tamoyili.
“Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o`rganilayotgan
temaga oid
qonuniyat, ta`rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur,
atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to`g`ri
bayon qila olish,
bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o`rgatilgan bilimlardan turmushda
mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o`zlashtirishga
yo`nalgan printsipdir.
Bilim malakalarni ongli o`zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta`limning
maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni
o`zaro farqlay bilish; bilimlarni o`rganish,
mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini
sezish; tema yuzasidan o`zi erishgan natijalarni baholay bilish.
Faollik esa, o`z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos
bo`ladi. Bu printsiplar bir-birini to`ldiradigan hodisalar bo`lib, ularning mohiyatini
tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayonlar sifatida tasavvur
qilingandagina anglash mumkin. Faollik tashqaridan ichkariga yo`nalgan
jarayon
sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida
tarbiyalashni anglaymiz.
Agar faollik ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda
insonning
ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish
vositasi ekanligini tan olishga to`g`ri keladi”.