Va aloqadorligi



Yüklə 277,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix15.04.2023
ölçüsü277,05 Kb.
#98566
  1   2   3
Matematika va fizika



FIZIKA VA MATEMATIKA KURSLARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI 
VA ALOQADORLIGI 
Alqorov Qodir Xolmatovich
A.Qodiriy nomidagi JDPI Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi, O’zbekiston. 
e-mail: 
mr.qodir@bk.ru
 
Annotasiya: Fizikani o‘rganish fizikadan olingan oldingi bilimlargagina tayanib 
qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olingan bilimlarga ham tayanadi. 
Kalit so’zlar: formula, amallar, koordinata, vektor, qiymat, parallepiped, og‘ish, linza. 
Аннoтация: Изучение физики основано не только на предварительных знаниях 
физики, но также на знаниях социалных и естественных наук. 
Ключевые слова: формула, операции, координаты, вектор, значение, 
параллепипед, прогиб, линза. 
Annotation: The study of physics is based not only on prior knowledge of physics, but 
also on knowledge of social and natural sciences. 
Key words: formula, operations, coordinates, vector, value, parallepiped, deflection, 
lens. 
Fizika va matematika kurslarining bog‘liqligini alohida ajratib ko‘rsatish 
kerak, chunki matematikaning ilmiy metod sifatidagi ahamiyati fizika o‘qitishda 
juda keng va yaxshi o‘z aksini topadi: fizik qonunlar matematik formulalarda 
ifodalanadi; matematik formulalar va amallar fizika qonunlaridan xulosalar 
chiqarishda, uning ayrim holatlarini isbotlashda, masalalar yechishda, laboratoriya 
ishlarini bajarishda foydalaniladi. 
Hozirgi zamon fizika kursida bir qator tushunchalarni (nuqta koordinatalari, 
vektor va boshqalar) terminlarni (masalan, «kattalik», «kattalikning qiymati» va 
boshqa terminlar), nomlarni (masalan, «to‘g‘ri burchak shaklidagi jism» demasdan, 
balki «to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklga ega bo‘lgan jism» deyish kerak) 
talqin etish o‘zaro kelishilgan. 


Quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish metodik jihatdan muhim ahamiyatga 
ega: o‘rganilayotgan masalalarni vaqt bo‘yicha moslashtirish, funksional 
bog‘lanish tushunchasi, masalalar yechish. 
1. Odatda, fizikani o‘rganishda ilgari kiritilgan matematik bilimlardan 
foydalaniladi (matematik tushunchani majburiy oldin kiritiladigan ayrim hollardan 
tashqari). Masalan, VII va VIII sinflarda sonlarda 
n
10

. bunda 
n
>0 ko‘rinishda 
yozishdan foydalanish mumkin (bunday yozish birlik hajmdagi molekulalar soni, 
yoqilg‘ining yonish issiqligi, erish issiqligi va boshqalar uchun foydalaniladi), 
ammo bu shaklda yozishni 
n
<0 uchun qo‘llab bo‘lmaydi; bundan faqat yuqori 
sinflarda foydalaniladi. 
Taxminiy hisoblash qoidasidan foydalanish VII sinfdayoq talab etiladi 
(sonlarni yaxlitlash, nollar bilan tugallangan sonlar yozilishining standart 
ko‘rinishi, hamma oraliq hisoblashlarda taxminiy sonlarni yaxlitlash). 
Fizika dasturi faqat IX sinfdagina laboratoriya ishlarini bajarishda 
xatoliklarni hisoblashni tavsiya etadi—bu ham o‘quvchilarni matematikadan 
tayyorlash bilan bog‘liq; IX sinfda mexanikani o‘rganishdayoq trigonometrik 
funksiyalar, Pifagor teoremasi, kvadrat tenglamalar, o‘xshashlik tushunchasi 
haqidagi bilimlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. 
2. O‘rta maktab matematika kursida funksional bog‘lanishlarni. o‘rganishga 
katta o‘rin berilgan. Funksiyalar haqidagi bilimlardan fizika o‘qitish jarayonida 
foydalanish muhim pedagogik foyda berishi mumkin.
,
*t
s




,
0
t
d







2
2
0
t
a
t

Yüklə 277,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin