Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan
materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi.
Asosiy materiallar deganda ob’ektlarni qurish, montaj qilish, kengaytirish,
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh
rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi. Ularga sement, g‘isht, taxta, bolar,
armatura, truba, linoleum, marmar, granit, mix, oyna, ohak, bo‘yoq, gips va shu
kabi ko‘plab boshqa materiallar kiradi. Ushbu materiallarsiz qurilish ishlarini olib
borib bo‘lmaydi. Shu bois ham ushbu asosiy materiallarning mavjudligi, ularning
butligi, harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish buxgalteriya hisobi oldida
turgan muhim vazifalardan biridir.
Yordamchi
materiallar
deganda
qurilish
ishlarida
bosh
rolni
o‘ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida qo‘shimcha tarzda ishlatila-digan
materiallar tushuniladi. Bunday materiallar bo‘lib, masalan, pegmentlar, sinka, to‘l,
yoqilg‘i, moylash materiallari, o‘rov materiallari va shu kabilar hisoblanadi.
Ko‘rinishi, jismi va nomlanishiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan
materiallarni ko‘plab turlarga ajratish mumkin, masalan, temir va yog‘och
materiallari, shisha materiallar, suyuq va qattiq jismli materiallar va boshqalar.
Saqlash usuliga ko‘ra qurilish tashkilotlarida materiallarni ochiq va yopiq
usullarda saqlanadigan materiallarga bo‘lish mumkin. Masalan, g‘isht, temir, truba,
tosh va shu kabi materiallar ochiq ko‘rinishda turli maydonchalarda saqlanadi.
Sement, ohak, gips, lak, bo‘yoqlar va boshqa shu kabi materiallar yomg‘ir va qor
tegmaydigan,
namiqmaydigan
joylarda,
shuningdek
maxsus
saqlash
moslamalarida (sisterna, bochka va boshqalarda) saqlanadi.
Saqlash muddatiga ko‘ra qurilish materiallari muddati chegaralangan va
muddati chegaralanmagan turlarga bo‘linadi. Masalan, sement, ohaq, gips,
bo‘yoqlar va shu kabi ayrim materiallar ma’lum muddatlardan keyin o‘z sifatini
yo‘qotadi. Shu bois ular belgilangan muddatgacha saqlanishi lozim. Ko‘pchilik
qurilish materiallari o‘z sifatini uzoq muddatlarda yo‘qotmaydi, masalan marmar,
granit, temir-tersaklar, yog‘och, bolar va shu kabilar. Biroq, moddiy javobgar
shaxslar ushbu materiallarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, masalan
zanglash, eroziya, qurib qolish, namiqish, shishib ketish, yorilish kabi salbiy
holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
|