21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida davr harajatlarining hisobi
9410 «Sotish harajatlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv harajatlari», 9430 «Boshqa
operatsion harajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan
chegiriladigan hisobot
davr harajatlari» schyotlarida olib boriladi. Ushbu schyotlarda aks ettiriladigan
harajatlarning tarkibiy elementlari «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»da
keltirilgan. Chunonchi, qurilish tashkilotlarida sotish harajatlarining asosiy
moddalariga
reklama harajatlari, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish bilan bog‘liq
safar harajatlari, i shva xizmatlarni sotishga oid xodimlarga hisoblangan ish haqi,
ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tayyor mahsulotlarni sotishga tegishli asosiy
vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) summasi, transport harajatlari va boshqalar
kiradi. Sotish harajatlari 9410 «Sotish harajatlari» schyotining debetida va bu
harajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5010,
5110, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Ma’muriy-boshqaruv harajatlariga qurilish tashkilotining
boshqaruv apparati
xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya
harajatlari,
safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan
bog‘liq harajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv harajatlari 9420 «Ma’muriy-
boshqaruv harajatlari» schyotining debetida va aniq harajatlarni ifodalovchi boshqa
schyotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks
ettiriladi.
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotida yil mobaynida qurilish
tashkilotlarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir davr harajatlari (moddiy yordam,
kompensatsiyalar, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv solig‘i,
pensiya fondiga, yo‘l
fondiga, maktablarni rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan
va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks
ettiriladi. Bunda operatsion harajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa
schyotlar (1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220) kreditlanadi.
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari»
schyotining debetida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining
kelgusi faoliyatini
rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va
boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi davr harajatlari
soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan
maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq
bazasidan chegirib
boriladigan harajatlar bu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (masalan,
1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq
bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotida belgilangan muddatda
ko‘rsatib boriladi.
Dostları ilə paylaş: